3—11-mart kunlari Iordaniyaning Amman shahrida Osiyo/Okeaniya mintaqalari bokschilari uchun Tokio—2020 Olimpiadasiga yo‘llanma beradigan musobaqa tashkil etiladi. Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasining to‘liq tarkibi rasman ma’lum qilindi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
- -52 kg: Shahobiddin Zoirov
- -57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
- -63 kg: Elnur Abduraimov
- -69 kg: Bobousmon Baturov
- -75 kg: Fanat Qahramonov
- -81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov
- -91 kg: Sanjar Tursunov
- +91 kg: Bahodir Jalolov