Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Navbahor” uchrashuvi bosh hakami Ilgiz Tantashev jazoga tortildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘FA hakamlik qo‘mitasi 2-mart kuni “Paxtakor” — “Navbahor” uchrashuvidagi hakamlikni ko‘rib chiqdi. Qo‘mita qaroriga ko‘ra, Tantashev o‘yin tizginini qo‘ldan chiqargan va intizomiy qarorlar chiqarishda xatoga yo‘l qo‘ygan. Shu sabab hakam bir oy muddatga Superliga o‘yinlaridan chetlatilib, quyi ligaga tushirildi.
Ma’lumot uchun, mazkur bir oy ichida Superligada uchta tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)