Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida voyaga yetmagan barcha bolalar uchun shahar ichidagi avtobus yo‘nalishlarida bepul yurish imkoni berildi. Bu haqda Kazinform xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 28-martdan e’tiboran voyaga yetmagan barcha bolalar shahar ichidagi jamoat transportida bepul yuradi.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda shahar jamoat transportida har kuni 130 ming o‘quvchi maktabga boradi.
Yo‘lovchi tashuvchi korxonalar uchun bu imtiyoz o‘rta hisobga bir oyda 30 million tenge zarar keltirishi mumkin. Shuningdek, ularga buning uchun subsidiya ajratilmaydi.
Avvalroq Toshkentning Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi eski tramvay liniyasi o‘rnida metrobuslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)