Yevropa Chempionlar Ligasining joriy haftadagi eng yaxshi o‘yinchisi nomi ma’lum bo‘ldi.
So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Belgiyalik futbolchi 1/8 final ilk bahsi doirasida “Real”ga qarshi kechgan bahsda (2:1) jamoasining ikkita golida ham qatnashdi (gol va assist).
Ushbu sovrin uchun kurashda Kevin Serj Gnabri (“Bavariya”), Serxio Buskets (“Barselona”) va Hussem Auar (“Lion”) kabi o‘yinchilarni ortda qoldirdi.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)