So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12206.13
    • RUB 127.07
    • EUR 12981.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +17°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Madaniyat

    Ishchilar formasi bo‘lgan jinsi qanday qilib trendga aylandi? Jinsi yaratilishiga sabab bo‘lgan oltin konlari

    28.02.2020, 21:06 47759

    Kundalik turmushimizning eng qulay liboslaridan biri bo‘lgan jinsi asoschisi, ishchilar uchun yaratilgan matoning bu qadar mashhurlikka erishishi tushiga ham kirmagan bo‘lsa kerak. Birinchi jinsi nima uchun va kim tomonidan yaratilgan? Bu savollarga quyida javob berib o‘tamiz.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Birinchi jinsi asoschisi, asl ismi Leyb Shtraus bo‘lgan dizayner Levi Straus 1829-yil 26-fevral sanasida Bavariyada yahudiy oilasida dunyoga kelgan. Otasining kasallik sabab vafotidan keyin Leyb onasi bilan Amerikaga ko‘chib o‘tadi va birinchi bo‘lib, millatini yashirish uchun ismini Levi Strauss’ga o‘zgartiradi. Vest Koustda ulgurji kiyimlar savdosi bilan shug‘ullangan Lev keyinchalik Levi Strauss & Co kompaniyasiga  asos soladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    XIX asrning o‘rtalarida dunyoda oltinga bo‘lgan qiziqish va uni qazib olish dolzarb bo‘lgan vaqtda, ishbilarmon Strauss bundan qanday foyda olishni bilgan: oltin izlovchilarni chidamli kiyim-kechak bilan ta’minlashga qaror qilgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Birinchi jinsining yaratilishi bilan bog‘liq turli afsonalar yo‘q emas. Aytishlariga qaraganda, San-Fransiskodagi qazilma ishlari olib borilayotgan konga, Levi Strauss kema to‘la tovarlar bilan borgan. Savdogar o‘zi olib kelgan hamma narsani sotib yuborilganidan keyin kema yelkanini yechib, undan shim tikkan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Aslida esa Levi, tun-u kun konlarda oltin izlab tinimsiz ishlaydigan ishchilarga chidamli va yirtilmaydigan libos sotmoqchi bo‘lgan, yelkannikidek pishiqlik esa aynan maqsadga muvofiq bo‘lgan. Tadbirkor matoni indigo yordamida ko‘k rangga bo‘yagan. Mato Fransiyadagi  Nim shahridan keltirilgan bo‘lib shimlarning yorlig‘iga yozib qo‘yiladigan “denim” tushunchasi aynan shu shahar nomidan kelib chiqqan. Lekin u vaqtda ushbu matoda hech bir inqilobiy jihat bo‘lmagan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    1872-yilda Straussdan shim sotib olgan tikuvchi Yakob Devis, yanada pishiq bo‘lishi uchun shimning cho‘ntaklarini knopkalar bilan mahkamlashni, bel qismiga bo‘lsa, tugmachalar o‘rnatishni taklif qiladi. Aslida Yakobning o‘zi ushbu g‘oyasi uchun patent olsa bo‘lardi, lekin moliyaviy ahvoli yaxshi bo‘lmaganidan unday qilolmagan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Shunday qilib, 1873-yilning 20-mayida Yakob va Levining knopkali ko‘k shimlariga patent berildi va ushbu sana jinsining rasmiy tug‘ilgan kuni sifatida tarixda qoldi. Savdoning birinchi yilidayoq, 21 ming jinsi sotilgan. 1960-yilga qadar jinsi tushunchasi bo‘lmagan –– kombinezon deb atalgan.  XIX asrning oxirlarida kombinezonlar erkaklar orasida eng mashhur ishchi libos bo‘lgan. Levi’s kompaniyasi kiyimlar qadog‘iga jinsi deb yoza boshlaganidan keyingina bu so‘z ommalashgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Jinsi matosining chidamliligi haqida yana bir afsona bor: ikki poyezd vagoni jinsi bilan bog‘langan poyezd o‘z manziliga muvafaqqiyatli yetib borgan. Albatta afsonalar fakt emas, lekin ularni mag‘zi chaqilsa haqiqatga ishora borligini bilish mumkin. Bu afsona asosida kompaniyaning logosi, ya’ni ikki ot jinsi matosini ikki tomonga tortayotgani va matoning yertilmagani aks etgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ortiqcha so‘z va tasnifsiz matoning naqadar pishiqligiga ishora qilingan. Patent olish vaqtida “XX” nomini olgan jinsi, 1890-yilda hozirgi “501®” nom berilgan. Bu raqam nimani aglatishini Strauss ma’lum qilmagan, lekin shunisi aniqki, aynan ushbu model kompaniya hamda jinsi tarixidagi  eng mashhur va talabgir bo‘lgan. XX asrning boshida Strauss vafot etadi. O‘limidan keyin uning farzandlari bo‘lmagani bois kompaniyani jiyanlari boshqaradi.

    1918-yilda Levi’s ayollar auditoriyasi kengaya boshladi. Ayollar jinsisining paydo bo‘lishiga yana 16 yil bor edi. Kompaniya ayollar uchun mo‘ljallangan tonikalar, ish va dam olishda kiyiladigan kiyimlar taqdim qilgan. Bu kolleksiyadan o‘rin olgan liboslarni kiygan ayol va qizlarga qulay tuyulishi va ular o‘zini erkin his qilishi ko‘zda tutilgandi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Keyinchalik taqdim qilingan Lady Levi’s jinsisi, erkaklar uchun taqdim qilingan “501®” modelini eslatardi, undagi bel qismining keng qilib ajratilgani qulaylik bilan birga, ayollarga xos nafislikga urg‘u qaratardi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Kompaniya keyinroq butun oila uchun mo‘ljallangam kiyim-kechaklar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. XX asrning boshlaridayoq, bolalar kombinezonlarini sotuvga chiqariladi. Shunga qaramay, jinsi erkaklar libosi hisoblanardi. Kompaniyaning ilk bilbordlarida jinsi kiygan kovboy obrazi aks etgan. Kompaniyaning xaridorlari asosan, ishchi sinf vakillari, shuningdek fermerlar bo‘lgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Levi’s kompaniyasining foydasi kundan-kunga ortgani sayin raqiblari soni ham ko‘paya boshlaydi, lekin mijozlar boshqa brendlarni Levi’s’chalik qabul qilmaydi. O‘zining tovarlarini boshqa brendlardan farq qilishini istagan kompaniya shimning orqa tomonda joylashgan o‘ng cho‘ntakga, brend nomi bitilgan yorliqlar qo‘yadi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Kompaniya hamisha o‘z liboslarida qulaylik va erkinlikni ifoda qilishga uringan. 50-yillarga kelib maktablarda o‘quvchilarga jinsi kiyish taqiqlangan. Lekin bu hech narsani o‘zgartirolmagan,  o‘smirlar orasida jinsi kiyish urfi tobora kuchaygan. Mijozlarining aksariyati tineyjerlar ekanini payqagan brend endilikda, yoshlar qiziqishi asosida reklama chiqaradi. Musiqaning yoshlar uchun muhimligini inobatga olgan kompaniya, oq Slim Fit jinsilarni reklamasini radioda chiqaradi. Bora-bora kompaniya liboslari Yevropa va Osiyoda ham tarqaladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

     

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Aynan shu yillarda Landor & Associates dizaynerlik kompaniyasi Levi’s uchun batwing, ya’ni ko‘r shapalak qanoti aks etgan savdo belgisi, brendning hozirgi logosini ishlab chiqqan. Kompaniya hamisha reklamaga alohida e’tibor qaratgan va ushbu e’tibor o‘zini keragidan ortiq darajada oqlagan. 1977-yilda brend reklama uchun 16 milllion dollar sarflab, kelasi yili 1,2 milliard dollar foyda olgan.

    https://youtu.be/EzQkenNMjXg

    80-yillarda ayollarning “501®” jinsilari uchun Travis televizion reklamasi efirga uzatilgan. 1980-yilda kompaniya Olimpiya o‘yinlarining rasmiy hamkori bo‘lgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Olimpiya qo‘mitasi o‘sha vaqtda prezident bo‘lgan Ronald Reyganning siyosati hamda barqaroq bo‘lmagan iqtisodiyotdan hafsalasi pir bo‘lgan Amerika aholisi ruhini ko‘tarish maqsadida, zamonasida eng taniqli va mashhur bo‘lgan kompaniyani hamkorlik qilishga chorlagandi. Hamkorlik natijasida, har bir ishtirok etgan sportchilarga 1200 dollarlik Levi’s komplektlari beriladi. Bugungi qadar o‘sha sportchilar olimpiyada o‘yinlarida kiygan liboslar, Amerika terma jamoasining eng yaxshi formalaridan biri deb e’tirof etiladi. Brend jinsilari savdosi 1987-yilda 1984-yilga nisbatan 20 karraga ko‘paygan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Bugungi kunda Levi’s tovarlari dunyoning 110 dan ortiq mamlakatida sotiladi va qulayligi hamda minimal dizayni bilan mijozlar soni tobora ko‘payib boradi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

     

    Mavzuga doir: 

    • “Brilliantlar qiroli”ning “qimmatbaho buyumlar saroyi” haqida
    • Siyosatni tashlab, ijodkorlikni tanlagan “orzular dizayneri”. Kristian Dior haqida fotomaqola
    • Foto: Versace brendini yoqtiradigan yulduzlar
    • Fotogalereya: Dizaynerlarning chegara bilmas fantaziyasi

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    La Liga. “Barselona” safarda durang natija qayd etdi

    Bugun, 02:34

    Angliya Liga Kubogi. “Manchester Yunayted” “Kristal Pelas”ni yirik hisobda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

    Bugun, 02:16

    A Seriya. “Yuventus” o‘z maydonida raqibini minimal hisobda mag‘lub etdi

    Bugun, 02:06

    Toshkentning ikki tumanida gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

    Bugun, 00:20

    Toshkentning ikki tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi Turkiyadagi xotin-qizlarni ogohlantirdi

    Kecha, 23:53

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    Kecha, 23:41

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    Kecha, 23:20

    “Xudo qani? — hayqirdi u. — Bilasizlarmi, sizlarga nima demoqchiman! Biz Uni o‘ldirdik — siz va men! Biz uning qotilimiz!...” — “Zardo‘sht tavallosi” asari haqida ...

    Kecha, 23:00

    Ukraina razvedkasi rahbari Rossiyaga dronlar uchirishdan maqsadni ochiqladi

    Kecha, 22:41

    Tavsiya etamiz

    Bosh prokuratura binosi oldida tadbirkordan norozilar to‘plandi: mahalla raisi namoyishchilar yollangan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda

    23:00 / 26.09.2023

    Tobut ko‘tarib ketayotgan politsiyachilar, joniga qasd qilayotgan erkak, o‘g‘lini ish joyiga olib kelgan Ilon Mask — 26-sentabr suratlari

    23:00 / 26.09.2023

    “Namanganda kasallangani aytilayotgan bolalarning barchasi sog‘ayib, uyiga qaytgan” — sog‘liqni saqlash vaziri

    21:00 / 26.09.2023

    Gunohlarni yuvish marosimi, suvga oqizilgan farovonlik xudosi, qidiruvdagi diktator — 25-sentabr suratlari

    22:00 / 25.09.2023

    MOLIYA

    Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda elektron tijorat qanday rivojlanmoqda?

    17:00 / 26.09.2023

    “Bugungi geosiyosiy vaziyatda bitta davlatga tayanib bo‘lmaydi” — bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev

    15:00 / 26.09.2023

    O‘zbekiston oktyabr oyidan Rossiyadan gaz import qilishga tayyor — Energetika vazirligi

    16:00 / 25.09.2023

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    Jizzaxda yuk mashinasi YPX maskaniga tiqilib qolgani aytilgan video tarqaldi (video)

    19:00 / 26.09.2023

    Hind kinosi afsonalari — Amitabh Bachchan va Raj Kapurning nabirasi Agastya Nanda aktyorlikka qadam qo‘ydi

    09:00 / 26.09.2023

    “Kompromat ishi” yuzasidan ayblanuvchilarga sud hukmi o‘qildi 

    16:00 / 26.09.2023

    O‘zbekistonda endilikda ayrim xodimlarning ish haqi mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi

    19:00 / 26.09.2023

    “Biz tayyormiz” — Medvedev Rossiya NATO bilan jang qilishi haqida gapirdi

    19:00 / 26.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?