2-dekabrda XX asrning eng iste’dodli dizaynerlaridan biri bo‘lgan, Versace brendi asoschisi Janni Versache tug‘ilgan kun. U1946-yilda Italiyaning  Rejo di Kalabriya shahrida tug‘ilgan. Oilada akasi Santo, singlisi Donatella bilan birgalikda o‘sib-ulg‘aygan.

Foto: Mirtesen

Jannining onasi tikuvchi bo‘lgan. Onasiga qarashli Francesco Versace atelyesida yoshligidan onasiga matolar tanlash, ularga mos keladigan bezak va aksessuarlarni qo‘yishda ko‘maklashgan. Aynan shu yerda u andaza chizishni, libos tikishni o‘rgangan. Brendga qarashli birinchi butik 1978-yilda Milanda, Via della Spiga’da ochilgan va ko‘p o‘tmay mashhurlikka erishgan. Bugungi kunda Versace dunyoning yetakchi modalar uyidan biri hisoblanadi.

Foto: Flickr

Brend atir, kosmetika, aksessuar, liboslar, sumka va uy jihozlarini ishlab chiqaradi. Mazkur brend noyob matolar va bejirim ishlovlar bilan o‘z kolleksiyasini boyitib boradi. Versace brendi asoschisi Janni Versachi vafotidan so‘ng, 1997-yildan boshlab uning singlisi Donatella Versachi kompaniyani boshqara boshlagan.

Foto: Flickr

Quyida brendni xush ko‘radigan mashhurlarning Versace libosidagi suratlarini e’tiboringizga havola etamiz.

Foto: 7 sisters/Jessica Alba

Foto: 7 sisters/Angelina Jolie

Foto: 7 sisters/Lady Gaga

Foto: 7 sisters/Blake Lively

Foto: 7 sisters/Amal Clooney

Foto: 7 sisters/Penelope Cruz

Foto: 7 sisters/Scarlett Johansson

Foto: Pinterest/Beyonce

Foto: Fashion Policeng/Malika Diana