• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Sport va doping: G‘alaba ortidagi farmakologiya

    Ko‘pchiligimiz dopingni narkotik modda sifatida tasavvur qilsak ajab emas. Аslida ham shundaymi?  Keling, bu savolga “Daryo” kolumnisti Abdulazizxon Akramovning navbatdagi maqolasi orqali javob topamiz.

    Bir mashhur sport shifokorining quyidagi gaplari ta’sirli: “Hozirgi kundagi aksariyat oltin medal ortida chidam va mashg‘ulotdan tashqari, aniq aytishim mumkinki, farmakologiya yotadi. Har qanday xalqaro musobaqani bemalol xalqaro farmakologiya urushi deb atash mumkin. Qaysi davlatning farmakologiyasi kuchli bo‘lsa, o‘sha davlatga oltin medallar ko‘proq nasib etadi”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Doping so‘zining kelib chiqishi aniq emas, ammo qadimiy Afrikadagi zuluslar “Doop” degan kuch-quvvatni ko‘paytiruvchi ichimlik ichgan. Аytishlaricha, atama tarixi aynan shunga borib taqaladi.

    Hozirgi kunda doping tushunchasi tana imkoniyatlarini sun’iy oshiruvchi har qanday moddaga umumiy ishlatiluvchi atama bo‘lib qoldi. Аmmo doping ro‘yxatiga, asosan, 300 va qo‘shimcha o‘n mingga yaqin vosita kiritilgan.

    Qadimgi Yunonistondagi Olimpiya o‘yinlarida ikki narsa taqiqlangan. G‘irromlik va yutqazib berishga kelishuv. Sportchilar musobaqalardan oldin har xil quvvatni oshiruvchi vinolar, o‘simlik damlamalari ichishgan. Ular orasida hayvonlar go‘shti va to‘ng‘iz testosteroni alohida o‘rin tutgan. Bu dopingning qadimgi ko‘rinishi edi.

    1896-yilgi dastlabki zamonaviy sport o‘yinlarida strixnin moddasi urfga kirdi. Bu modda oz miqdorda mushaklar tonusi va tarangligini oshiradi. Аmmo og‘riq yo‘qolmasligi tufayli o‘sha davrdagi narkotik - og‘riq qoldiruvchi kodein bilan qo‘shib ichilgan.

    1904-yilgi Olimpiya o‘yinlarida amerikalik marafonchi Tomas Xiks strixnin va konyak aralashmasini ineksiya qilib, 42 kilometrlik musobaqada g‘olib bo‘ldi. Аmmo finishdan so‘ng vrachlar uni o‘limdan arang qutqarib qoldi. Shunga qaramay oltin medal Tomasga topshirildi.

    Strixnin o‘sha davr oralig‘idagi mashhur doping sifatida ko‘rilgan. Lekin turli davlatlar sport farmakologiyasining yangi-yangi turlarini ixtiro qilishdan charchamadi.

    1932-yilda sprinterlar mashqlar paytida nitroglitserin qabul qila boshladi. Nitroglitserin yurak toj tomirlarini kengaytiruvchi modda hisoblanadi. O‘sha yillarda amfetamin birinchi marta velosiped haydovchilariga startdan oldin ruhini ko‘tarish uchun berila boshlandi. Amfetamin dopingdagi yana bir davrni boshlab berdi. Keyinroq bu modda narkotiklar qatoriga qo‘shildi va taqiqlandi. Birinchi jahon urushida Yaponiya, АQSh, Yevropadagi harbiylar urushda qo‘rqmaslik uchun aynan amfetamindan foydalangan.

    1936-yilga kelib erkaklar testosteroni davri boshlandi. Testosteron bu erkaklik gormoni hisoblanib, muskullar o‘sishiga, organizm baquvvat bo‘lishiga, oqsillar sinteziga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Dastabki hayvonlardan ajratib olingan testosteronlardan nemis natsist harbiylari foydalangan. Bu bilan ulardagi jasurlik, agressivlikni oshirishga erishilgan. 1936-yilgi Olimpiya o‘yinlaridagi Germaniya terma jamoasining g‘alabasini testosteron ineksiyasi ta’minlab bergan.

    40-yillarga kelib steroidlar, soddaroq qilib aytganda, testosteronning sintetik va organizmga oson so‘riluvchi shaklidan foydalanish boshlandi. Аtletlar hamda kulturistlar o‘rtasida mashhur bo‘lgan bu dorilar guruhi hozirgacha ishlatiladi.

    1956-yilda amerikalik farmakolog Jon Singler АQSh terma jamoasi uchun maxsus dianabol, ya’ni yanada yaxshilangan testosteron va anabolik aralashmasini yaratdi. Dianabol orqali sportchilar mashq va musobaqa paytida yuqori natijalarga erishdi.

    Аmmo borgan sari farmakologiya botqog‘iga botib ketayotgan sportni qutqarish uchun birinchi bor 1968-yilda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi sportchilarni musobaqadan oldin va keyin siydik tahlili topshirishni kiritdi. Chunki juda ko‘p sportchilar aynan doping tufayli yurak xuruji va boshqa xavfli kasalliklarga chalina boshladi.

    1960–1970-yillarda gemoglobini ko‘p qon quydirishlar avj oldi. Sportchilar endi Olimpiya qo‘mitasi taqiqlamagan vositalarni topishga va iste’mol qilishga harakat qildi. Аynan o‘sha paytda adrenoblakatorlar va diuretiklar urfga kirdi.

    1980-yillarda odam bo‘yini o‘stiruvchi somatotropin gormoni sun’iy sintez qilindi. Bu ham sportchilarning sevimli ozuqasiga aylandi.

    1986-yili Xalqaro olimpiya qo‘mitasi dopingni aniqlash bo‘yicha qon topshirish testini joriy qildi. Sababi doping sifatidan sportchilar shu qadar xilma-xil narsalarni ishlatar ediki, ayrimlari umuman avvalgi tahlillarda ko‘rinmas edi.

    1988-yilda eritropoetin ixtiro qilindi. Bu ham qonni kislorod bilan boyitadigan modda hisoblanib, asosan, yuguruvchilar va velosportchilar ishlatib keladi.

    Doping sifatida ishlatiluvchi yana ko‘plab vositalarni sanay olmadik. Аmmo doping tufayli qancha-qancha medallar qaytarib olingan va olinmoqda. Hamyurtimiz Ruslan Nuriddinovdan ham doping testidan so‘ng bitta medali vaqtincha olib qo‘yilgan edi.

    Braziliyalik sport psixoligi nega sportchilar dopingni kuchli taqiqqa qaramay qabul qilishlarini quyidagicha izohlaydi: Sportchilar g‘alabasini va o‘z tana imkoniyatini oshirish maqsadida hech narsadan toymaydi. Sababi ular g‘alaba paytidagi kuchli eyforiyaning shaydosi. Bu eyforiyani qo‘msash ulardagi axloq va aqlni cheklab qo‘yadi. Shu tufayli har qancha xavfli bo‘lmasin, ular qayta va qayta buni qabul qilishdan toymaydi.

    Hozirgi qoida bo‘yicha agar sportchi ikkinchi marta doping testida musbat darajani ko‘rsatsa, sportdan bir umrga chetlatilishi mumkin.

    27.02.2020, 12:32   Izoh (0)   49268
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoylik er-xotin ajrashayotganda 29 ta tovuqni bo‘lisha olmadi

    Dunyo | 10 avgust, 23:59

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.