• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Xavining 8 ta talabi. “Barselona” Xavini ortga qaytarishdan voz kechgani haqida

    Yanvar oyining eng ko‘p muhokama qilingan mavzularidan biri — Xavining “Barselona”ga bosh murabbiy sifatida qaytishi bilan bog‘liq bo‘ldi. 2020-yil 14-yanvar kuni Kataloniya klubi Ernesto Valverdeni iste’foga chiqardi. Bu orada klub uning o‘rniga yangi murabbiy izlashni boshlab yuborgandi. Gap-so‘zlarga ishonadigan bo‘lsak, klub uning o‘rniga Xavini olib kelmoqchi bo‘lgan. Klub afsonasi Valverdening o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rilgan. Rahbariyat Xavini ortga qaytarish orqali klub prezidenti Xosep Bartomeuning anchayin tushib ketgan reytingini ko‘tarib olishni ham ko‘zlagandi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Qatarda murabbiylik qilayotgan Xavi bilan muzokara o‘tkazishga “Barselona” sport direktori Erik Abidal hamda bosh ijrochi direktor Oskar Graular boradi. Ular sobiq yarim himoyachiga bosh murabbiylik lavozimini taklif qiladi. Biroq ikkala amaldor ham Kataloniyaga Xavisiz qaytadi va Kiki Setyen nomzodiga to‘xtalib, uni “Barselona” bosh murabbiyi sifatida e’lon qiladi.

    Keyinroq Abidal Xaviga taklif bilan chiqilmaganini aytdi. Biroq Erik bungacha Valverdening jamoadan ketishini futbolchilar xohlaganini aytib, hatto Messi bilan ham mojaroga borib ulgurgandi. Kataloniyaning mashhur radiosi Cadena SER bu orada klubdagi manbalariga tayanib, Xavi “Barselona” oldiga qator shartlar qo‘ygani, bu esa klubga ma’qul kelmagani haqida ma’lum qildi.

    Quyida Xavining “Barselona” oldiga qo‘ygan talablari keltiriladi:

    1. Klub sport departamenti ustidan maksimal nazorat

    Ushbu teoriya shunday ko‘rinadi: Xavi sport direktori vazifasini ham qisman bo‘yniga oladi. Jumladan, qaysi futbolchilarni sotish va xarid qilish masalalarini hal etadi. O‘zi shtabni hosil qiladi va klubning barcha darajadagi falsafasiga ta’sir qiladi. Ushbu talab orqali Xavi klubdagi jarayonlarga katta ta’sir doirasi bo‘lishini so‘ragan.

    2. Joan Vilani ortga qaytarish

    Vila “Barselona” modeli asoschilaridan biri hisoblanadi. Qisqa paslar orqali doimiy to‘pga egalik qilish usulida klub tizimidagi yoshlarni tarbiyalash g‘oyasini “Barselona”da tatbiq qilgan shaxslardan biri. 66 yoshli mutaxassis klub tizimida to‘rtta 10 yillikda ishladi. Xavi ham Vilani futboldagi otasi deb aytib keladi. 2018-yil yozida Kataloniya klubi Vila bilan shartnomani uzaytirmadi va klub akademiya tizimiga yangi modellarni joriy qilish maqsadida u bilan xayrlashdi. Bu esa natija keltirgani yo‘q hozircha.

    3. Karles Puyolni taklif qilish

    Bu haqda yagona aniq narsa shuki, Xavida Puyolni Kataloniya klubiga qaytarish istagi bo‘lgan. U buni klubga ma’lum ham qilgan. Biroq Xavi Puyoldan nima maqsadda foydalanishi noma’lumligicha qoldi.

    4. Yordi Kroyffni klubga olib kelish

    Puyol singari kichik Kroyffning ham klubda qaysi lavozim, vazifada bo‘lishi ochiqlanmagan. Futbolchining otasi Yoxan Kroyff (marhum) vaqtida Kataloniya klubi akademiyasiga katta e’tibor qaratgan, shaxsan Xavini esa juda qadrlagan. Yordi esa otasining fikrlarini boshqalarga qaraganda yaxshiroq biladi va uning g‘oyalarini qo‘llashga harakat qilib keladi. Bunday maslahatchi esa Xaviga murabbiylar shtabiga yordam bergan bo‘lardi, albatta.

    5. Murabbiylar shtabida Xavining akasi Oskar Ferandesning paydo bo‘lishi

    Oskar ayni damda Xaviga “As-Sadd”da yordam berib kelmoqda.

    6. Klubning barcha yoshdagi jamoalari va akademiyasi ustidan nazorat

    Xavi intervyularida tez-tez “Barselona” akademiyasi futbolchilari Gvardiola taklif etgan futbol uslubida yaxshi harakat qilishini ta’kidlab keladi. Boisi, akademiya futbolchilariga yoshlikdan qisqa paslar orqali to‘pga egalik qilish g‘oyasi singdirib boriladi. Shu boisdan ham klubga kelgan top-futbolchilar, masalan, Anri, Abidal, Deku kabi futbolchilarga oson bo‘lmagan.

    Boshqa talablardan kelib chiqib shuni aytish mumkin: Xavi “Barselona”ni qanday rivojlantirishni quyidagicha tasavvur qilgan. Qaytish Gvardiola va Kroyff gapirgan o‘zgacha yo‘l ko‘rinishida bo‘lardi. Ishlamaydigan akademiyasiz esa bu maqsadga erishib bo‘lmasdi.

    7. Klubdagi tibbiyot tizimini yangilash, uning hozirgi rahbarini ishdan bo‘shatish

    Ayni vaqtda “Barselona” tibbiy departamentini Rikard Pruno boshqarmoqda. U klub tizimida 1997-yildan beri ishlaydi. Butun tibbiy tizimga esa 2007-yildan beri javob beradi. Katta ehtimol bilan Xavi Pruna o‘z vazifasini bajara olmayapti deb hisoblagan. “Barselona”dagi jarohatlar soni va surunkali jarohatlar (masalan, Usmon Dembele) Xavining haq ekanligini ko‘rsatadi.

    8. Xavi faqat 2020-yil yozida jamoani boshqarishga rozi edi

    Bu yerda hammasi juda oddiy — Xavi “As-Sadd” bilan mavsumni yakunlab qo‘yishni xohlagandi. Murabbiylik faoliyatidagi ilk klubni bir mavsum boshqarmasdan ham yarim yo‘lda tashlab ketish g‘alati bo‘lardi, albatta.
    Agar Cadena SER ma’lumotlariga ishoniladigan bo‘lsa, Abidal va Grau Xavining ushbu talablarini klub prezidenti Xosep Bartomeuga olib kirgan. Talablar bilan tanishib chiqqan prezident esa boshqa nomzodni murabbiylikka ko‘rib chiqish qarorini bergan.

    Umuman olganda Xavini jamoaga qaytarish juda katta ahamiyatga ega. “Barselona”ni oldinda klub prezidentligi uchun saylovlar kutib turibdi. U 2021-yilga rejalashtirilgan. Bartomeu hozirgacha bir nechta mojarolarga aralashib qoldi. Masalan, klub futbolchilarini ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilish uchun feyk akkauntlarga pul to‘lagan, klubning ijtimoiy tarmoqlardagi imijini ijobiy holatda ushlab turish uchun 1 million yevro sarflangani aytilmoqda). Shunday ekan, saylovlar 2020-yil yozidayoq amalga oshishi mumkin.

    Bartomeuning o‘zi prezidentlikka nomzodini ilgari surmoqchi emas. Biroq uning tarafdorlaridan biri nomzodini ilgari surishi katta ehtimol. Xavi, Puyol va klub sobiq prezidenti Joan Gaspar esa Viktor Font nomzodini qo‘llab-quvvatlamoqda. Viktor bo‘lsa, allaqachon agar u klub prezidentiga aylansa, Xavi “Barselona” bosh murabbiyi bo‘lishini aytib ulgurgan. Ha aytgancha, saylovlarda klubning sobiq prezidenti, Gvardiolaning yaqin do‘sti Xoan Laporta ham ishtirok etishi kutilmoqda. “Barselona” aynan uning davrida (2003—2010-yillarda) ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

    • Muallif: Maksim Poltavets
    • Tarjimon: Asror Abdunazarov

    24.02.2020, 20:05   Izoh (0)   31818
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Paradzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida 7 ta medalga ega chiqdi

    24.02.2020, 18:10

    “Napoli”—“Barselona”, “Chelsi” — “Bavariya” o‘yinlariga hakamlar tayinlandi

    24.02.2020, 15:06

    “Barselona” La Ligadagi gollar soni bo‘yicha 57 yil deganda ilk bor “Real”ni ortda qoldirdi

    24.02.2020, 14:21

    OChL. “Sepaxon” — “An-Nassr” uchrashuvi Toshkentda bo‘lib o‘tadi

    24.02.2020, 12:21

    A Seriya. “Roma” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Latsio” Genuyadan uch ochko bilan qaytdi

    24.02.2020, 07:51

    Liga 1. PSJ 7 ta gol kiritilgan bahsda g‘alabaga erishdi

    24.02.2020, 07:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH davlat kotibi Isroil–HAMAS muzokaralari izdan chiqishida Makronni aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 13:20

    Oylik 2,2 ming yevrogacha: o‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif etilmoqda

    O‘zbekiston | 10 avgust, 12:45

    “Xoh Rossiya bilan, xoh Rossiyasiz” Eron AQSH qo‘llovidagi Zangizor koridoriga qarshi chiqishini ma’lum qildi

    Dunyo | 10 avgust, 12:15

    O‘zbekistonda hafta boshida harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Manchester Siti” “Palermo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Husanov bir taym o‘ynadi (video)

    Sport | 10 avgust, 11:44

    O‘zbekistonda umraga yuboruvchilar bo‘yicha “Sirli mijoz” yashirin nazorat tadbirlari o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:20

    Muhammad Saloh “falastinlik Pele” o‘limi tafsilotlarini aytmagani uchun UEFAni tanqid qildi

    Dunyo | 10 avgust, 10:44

    Bolgariyada cho‘kayotgan qizni qutqarmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik yigit halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 09:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.