FIFA futbol terma jamoalarining fevral oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi o‘tgan oydagi o‘rnini saqlab qoldi. Vadim Abramov shogirdlari 1289 ochko (o‘tgan oyda ham 1289) bilan 85-o‘rindan joy olgan. OFK vakillari orasida O‘zbekiston termasi 12-pog‘onada bormoqda.
Jahon Chempionati saralashida bitta guruhdan joy olgan Saudiya Arabistoni 67-o‘rin, Falastin — 103, Yaman — 144, Singapur esa 157-o‘rinda qayd etilgan.
Umumiy reytingda hamon Belgiya peshqadamlik qilmoqda. Kuchli o‘nlikda ham o‘zgarish yuz bermagan.
Quyida FIFAning yangilangan reytingi keltirib o‘tilgan:
Belgiya — 1765 ochko
Fransiya — 1733
Braziliya — 1712
Angliya — 1661
Urugvay — 1645
Xorvatiya — 1642
Portugaliya — 1639
Ispaniya — 1636
Argentina — 1623
Kolumbiya — 1622
Osiyo jamoalari:
28. Yaponiya — 1500
33. Eron — 1489
40. Janubiy Koreya — 1464
42. Avstraliya — 1457
55. Qatar — 1396
67. Saudiya Arabistoni — 1351
70. Iroq — 1344
70. BAA — 1334
76. Xitoy — 1323
79. Suriya — 1314
82. Ummon — 1303
85. O‘zbekiston — 1289
89. Livan — 126994. Vyetnam — 1258
96. Qirg‘iziston — 1240
97. Iordaniya — 1238
99. Bahrayn — 1225
103. Falastin — 1204
...
144. Yaman — 1071
...
157. Singapur — 1020
Izoh (0)