Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali ma’lum qildi.

Foto: Norma

Foto: Norma

Qarorga muvofiq, “Asaka bank” ATBga xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million AQSh dollari miqdorida Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kredit liniyasi taqdim etiladi.

Jamg‘armaning kredit liniyasi 10 yilgacha muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr, “Asaka bank” ATB marjasini hisobga olmasdan yillik 5 foiz stavka bilan hududlarda yangi import tibbiyot uskunalari (kosmetologiyaga oidlari bundan mustasno) va ularga butlovchi qismlarni xarid qilish uchun taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, “Asaka bank” ATB orqali respublikaning barcha hududlarida xususiy tibbiyot tashkilotlarini zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha 286 ta loyiha amalga oshirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi