• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Texnologiyalar

    “Janob Uotson, bu yoqqa chiqing, sizda gapim bor”. 14-fevral – Bell telefon uchun patent olgan sana

    Shunday davr keldiki, smartfon va uyali telefonlar kundalik turmushning uzviy bir qismiga aylandi. Vaholanki, atigi 15 yil oldin ham simsiz mobil aloqa telefonlari hali hashamat sanalardi va ko‘pchilik oddiy simli shahar telefon apparati orqali ish bitirardi. Mobil telefonlar ommalashgach, simli telefon ommaviy foydalanishdan biroz chetga chiqib qoldi. Biroq o‘z zamonasida haqiqiy innovatsiya bo‘lgan va aloqa sohasida tub inqilob yasagan telefon vositasini hali butunlay “pensiyaga chiqarish”ga shoshilmaslik kerak. Ayniqsa ishonchlilik nuqtai nazaridan klassik telefonlarga yetadigani yo‘q.

    O‘sha klassik telefon uskunasini Aleksandr Greyam Bell ismli shaxs ixtiro qilganini ko‘pchilik eshitgan albatta. Uning sharafiga hatto shovqin va tovush o‘lchov birligi ham nomlangan. O‘sha ko‘pchilik tanigan janob Bell o‘zining eng mashhur ixtirosi bo‘lmish telefon apparati uchun patentni aynan 14-fevral kuni rasmiylashtirgan edi.

    “Daryo” kolumnisti, fizik olim Muzaffar Qosimov bu tarixiy voqea haqida hikoya qiladi.

    Ixtiro tarixi juda qiziq. Aslida mohiyatan telefon singari ishlagan va tovush signallarini sim orqali elektr signallari ko‘rinishida masofaga uzatish imkonini beradigan uskunani 1860-yillarda florensiyalik Meuchchi ismli usta yasagan. Uning uskunasi “telektrofon” deb nomlangan. U ixtirosini Western Union kompaniyasiga sotib yuborgan. Uning ixtirosi shu bilan unutilgan. 1871–1874-yillarda Meuchchining telektrofonga shaxsiy patent olishga urinishlari behuda ketgan. Chunki Western Union hujjatlarni yo‘qotib qo‘ygan va qolaversa moliyaviy masalalarda Meuchchi patent idorasi undiradigan yig‘imlarni to‘lolmagan.

    Alexandr Bell.

    Alexandr Bell.
    Foto: Wikipedia

    Barcha adabiyotlarda telefon ixtirochisi sifatida e’tirof etiladigan Aleksandr Bell 1847-yilda Shotlandiyada tug‘ilgan. U avvaliga Edinburg universitetida, keyinchalik London universitet kollejida tahsil olgan. Uning kasbi kar-soqovlar maktabi o‘qituvchisi bo‘lgan. Shu borada aytish mumkinki, u eng avvalo eshitishda nuqsoni bor shaxslar uchun tovush kuchaytirgich moslama ixtiro qilish haqida bosh qotirgan. Buning uchun u quloq tuzilishi va eshitish fiziologiyasini yaxshilab tadqiq qilgan.

    1870-yilda Aleksandr Bell Kanadaga, muhojirlikka jo‘nagan. Ikki yildan keyin u endi AQShga ko‘chib o‘tgan. Boston shahrida muqim joylashgach, mahalliy kar-soqovlar maktabida ish boshlagan va ayniqsa karlar uchun o‘zi ishlab chiqqan imo-ishoralar alifbosi, shartli nutq ishoralari bilan katta hurmat qozongan. Uning metodikasi kar-soqovlar uchun yaxshi samara bergan va natijada Bellni Boston universitetiga nutq fiziologiyasi professori maqomi bilan ishga taklif qilishgan. Universitet unga quloq fiziologiyasini mukammal tadqiq qilish uchun barcha sharoitni hozirlab bergan. Bell azaliy orzusi – nutqni elektr signallariga aylantirish va simlar orqali masofaga uzatish borasidagi tadqiqotlariga sho‘ng‘ib ketgan. U quloq pardasi tuzilishini sinchiklab o‘rganib chiqqach, xuddi shunday yupqa metall membrana va uning yaqiniga joylangan doimiy magnit vositasida tovush signallarini elektr signallariga va aksincha aylantirish mumkinligini anglab yetgan. Bir necha oy davom etgan mashaqqatli mehnat va yuzlab muvaffaqiyatsiz tajriba-sinovlardan keyin nihoyat 1876-yil fevral-mart oylarida Bellning telefon uskunasi kutilganidek ishlay boshlagan. Dastlabki muvaffaqiyatlardan ruhlangan olim 1876-yilning 14-fevral kuniyoq patent idorasiga hamma hujjatlarni topshirgan.

    Bellning ovozli telegrafi.

    Bellning ovozli telegrafi.
    Foto: Wikipedia

    Qizig‘i shundaki, arxiv hujjatlariga ko‘ra, o‘sha kuni Belldan atigi ikki soat keyin Ilaysh Grey ismli yana bir shaxs xuddi shunday uskuna uchun patent rasmiylashtirgani ariza qoldirgan ekan. Uning uskunasi ham Bellniki singari ishlagan va tuzilishi jihatdan bir xil bo‘lgan. Faqat Bell birinchi bo‘lib ariza topshirgani uchun ixtiro uning nomiga rasmiylashtirilgan. Shu tariqa, telefon ixtirochisi sifatida tarixda Aleksandr Greyam Bell nomi muhrlangan. Aytish joizki, patentga ko‘ra, Bellning ushbu ixtirosi “telefon” deb emas, “tovushli telegraf” deb nomlagan. “Telefon” atamasi keyinroq paydo bo‘lgan va ommalashib ketgan.

    Bell o‘z telefon apparatini o‘sha yilning 10-mart kuni Boston universitetidagi hamkasbi Uotson bilan sinab ko‘rgan. Uning o‘zi tomdan turib telefon apparati mikrofoniga gapirgan. Uotson esa yerto‘lada bo‘lgan va Bellning “Janob Uotson, bu yoqqa chiqing, sizda gapim bor”, degan so‘zlarini aniq eshitgan.

    Bell telefon apparatining taqdimoti 1876-yil iyunida AQSh mustaqilligining 100 yilligiga bag‘ishlangan sanoat ko‘rgazmasida katta shov-shuv bilan bo‘lib o‘tgan. U o‘sha ko‘rgazmaning eng katta va eng asosiy sensatsiyasi bo‘lgan.

    Ixtiro omma orasida katta qiziqish bilan kutib olingan va 1876-yilning avgustidayoq Bell telefonlaridan foydalanuvchilar soni taxminan 800 nafar abonentni tashkil qilgan. Biroq yirik puldorlar va kompaniyalar yangi ixtirodan biznes qilishga pul tikkani ikkilangan. Bellning o‘zi ham avvaliga patentini mo‘may pulga sotib, yana kar-soqovlar bilan ishlashda davom etishni ko‘zlagan edi. Biroq patentga xaridor chiqavermagach, u qaynotasi bilan birgalikda o‘z mablag‘i va qisman qarz ko‘targan holda xususiy telefon kompaniyasi Bell Laboratories Telephone’ga asos solgan.

    Bell yordamchisi Uotson bilan bog‘lanmoqda, 1876-yil.

    Bell yordamchisi Uotson bilan bog‘lanmoqda, 1876-yil.
    Foto: Wikipedia

    U dastavval 1878-yilda Konnektikut shtatida 21 ta abonentga ega telefon tarmog‘ini ishga tushirgan. Telefonga talab ko‘pligi tufayli Bell kompaniyasi juda tez rivojlangan va tez orada qudratli konsernga aylangan. 1890-yilga kelib butun AQSh bo‘ylab 100 mingdan ziyod Bell telefon tarmog‘i abonentlari mavjud edi. Asrlar oralig‘ida esa telefondan foydalanuvchilar soni millionlik marrani zabt etgan. 1922-yilda, Aleksandr Bell vafot etgan paytda esa uning xotirasi uchun AQSh telefon abonentlari butun mamlakat bo‘ylab bir daqiqalik “telefon sukuti” e’lon qilgan. Ya’ni uning tobuti qabrga joylanayotgan paytda butun mamlakat bo‘ylab barcha telefon qo‘ng‘iroqlari to‘xtatilgan va shu tariqa ushbu muhim ixtiro muallifiga hurmat bajo keltirilgan. Bu payt tarmoqda allaqachon 13 million abonent bor edi.

    15.02.2020, 20:31   Izoh (0)   41795
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 14:40

    Ozarbayjon gazi Turkiya orqali Suriyaga yetkazib beriladi

    Dunyo | 3 avgust, 14:15

    “An-Nassr” Ronalduning tavsiyasi bilan Fernandeshni sotib olmoqchi

    Sport | 3 avgust, 13:55

    O‘zbekistonda ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 13:29

    BAA Misrdan yarim milliondan ortiq g‘azolikni ta’minlash uchun yetadigan suv quvuri tortib keladi

    Dunyo | 3 avgust, 12:55

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.