“Chelsi” bosh murabbiyi Frenk Lempard so‘nggi ikkita o‘yinda jamoaning asosiy darvozaboni Kepa Arrisabalagani nima sababdan maydonga tushirmaganini aytdi.
“Bu o‘yinlarda shunchaki mana shunday qarorga keldim. Men futbolchi bunga to‘g‘ri munosabat bildirishini istayman. Bu Kepaga qanday ta’sir qilayotganini bilaman. Messi yoki Ronaldudan boshqa istalgan futbolchi asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishi mumkin.
O‘yinchi asosiy tarkibga kirmay qolganida undan tabassum kutmayman, men reaksiya kutaman. Jamoada bunday raqobat mavjud paytda saviya pasayishi yoki murabbiyning qarori bilan tarkibga kirmay qolar ekansan, bunga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishing kerak.
Uning reaksiyasi kutganimdek yaxshi bo‘ldi. U qattiq ishladi. Shu haftada u bilan bir necha bor suhbatlashdim, biroq qarorni men chiqaraman”, — deydi Lempard.
Ma’lumot uchun, Kepa joriy mavsum Angliya Premyer Ligasida “Chelsi” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 30 ta gol olib chiqdi. Faqat ikkita o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan, xolos.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)