“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovichning agenti Mino Rayola hazil aralash mijozi unga qo‘l ko‘tarib turishi haqida gapirdi.
“Kechiring, yigitlar, menda muammo paydo bo‘ldi! Ibragimovich kelmoqda! Oxirgi marta u meni urgandi, o‘shandan buyon og‘riq his qilyapman”, — deya intervyuni to‘xtatib qo‘ydi Rayola.
O‘sha vaqtda Zlatan uning yelkasiga urgan holda o‘tib ketdi.
“Ko‘rdingizmi? Shunday bo‘lishini bilgandim”, — deydi Rayola.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)