“Inter” yarim himoyachisi Stefano Sensi jarohat olib safdan chiqdi, deb xabar beradi Corriere dello Sport.
Ma’lum bo‘lishicha, 24 yoshli Sensi 15-20 kun davomida maydonga tusha olmaydi. Futbolchiga chap oyoq barmoqlari suyagining sinish tashxisi qo‘yilgan.
Shu tariqa futbolchi Yevropa Ligasi 1/16 finalidan o‘rin olgan “Ludogorets”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Bundan tashqari futbolchi A Seriya doirasida 1-mart kuni “Yuventus”ga qarshi o‘tadigan o‘yinni ham katta ehtimol bilan o‘tkazib yuboradi.
Sensi joriy mavsum Italiya chempionatining 12 ta o‘yinida maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)