Futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 22-turida “Borussiya D” “Ayntraxt F”ga javobsiz 4 ta gol urishga erishdi.
Gollardan biriga jamoaga qishki transferlar vaqtida kelib qo‘shilgan Erling Holand mualliflik qildi. 19 yoshli norvegiyalik hujumchi Bundesligadagi dastlabki 5 ta o‘yinida 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bunday natijaga avval biror futbolchi erisha olmagandi. 1963-yilda “Hamburg” hujumchisi Gert Defrel, 2018-yilda “Borussiya D” forvardi Pako Alkaser Bundesligadagi dastlabki 5 ta o‘yinida 7 ta gol urgandi, xolos.
Holand “Borussiya”ga kelgandan beri 6 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta golga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)