Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan dastlabki bahsda “Borussiya D” va “Ayntraxt” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Twitter/BVB

“Signal Iduna Park”da kechgan bahsda dortmundliklar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 33-daqiqada Lukash Pishchek maydon egalarini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda “Borussiya” futbolchilari frankfurtliklar darvozasini yana uch bor aniq nishonga oldi.  Jeydon Sancho (49), Erling Holand (54) va Rafael Gerreyru (74) tomonidan kiritilgan to‘plar hisobni 4:0 ko‘rinishga keltirdi.

Mazkur g‘alabadan keyin “arilar” 42 ochko bilan ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib oldi. “Ayntraxt” (32) 8-o‘yinda bormoqda.

Bundesliga

22-tur bahsi

14-fevral, juma

“Borussiya D” — “Ayntraxt” 4:0

Gollar: 1:0 — 33 Pishchek, 2:0 — 49 Sancho, 3:0 — 54 Holand, 4:0 — 74 Gerreyru.

“Borussiya D”: Byurki, Pishchek, Xummels, Zagadu, Hakimi, Jan (Daud, 64), Vitsel, Gerreyru, Sancho (Reyna, 75), Holand (Gyotse, 79), Azar.

“Ayntraxt”: Trapp, Ture, Abraam, Hinteregger, Ndika, Ilzanker, Rode (Sou, 78), Chendler, Gachinovich (Dost, 46), Kostich, Andre Silva (Pasiyensiya, 82).

Ogohlantirish: Chendler (22).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!