UEFA Angliyaning “Manchester Siti” klubini Yevropa Chempionlar Ligasining kelasi ikki mavsumda ishtirok etish huquqidan mahrum etdi.
“Siti” UEFAni chalg‘itgani va moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi uchun Yevropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasidan chetlatilgan. Shuningdek, klub 30 million yevro miqdorida jarima to‘lashi ham ko‘zda tutilgan. Agar “Manchester Siti” Angliya Premyer Ligasining kelasi ikki mavsumida Chempionlar Ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan taqdirda ham 2020/21 hamda 2021/22-yilgi mavsum musobaqalarida ishtirok eta olmaydi.
Qayd etish joiz, “shaharliklar” ushbu qaror yuzasidan Xalqaro sport arbitraj sudiga murojaat qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Pep Gvardiola shogirdlari Chempionlar Ligasining 2019/20-yilgi mavsum 1/8 finalida Madridning “Real”iga to‘qnash kelgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)