Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11, 12-fevral kunlari yangi turdagi 2019-nCoV koronavirusiga qarshi vaksina ishlab chiqish bo‘yicha forum o‘tkazadi, deb xabar berdi “RBK”.
JSSTning Jenevadagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tadigan forum yuqumli kasalliklarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha global ilmiy jamoatchilik bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 636 kishiga yetdi, butun dunyo bo‘ylab 24,5 ming kishi kasallikni yuqtirib olgan.
“JSST ilmiy jamoatchilikni tadqiqotning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash va taraqqiyotni tezlashtirish uchun (koronavirus vaksinasini yaratish) birlashtirib, muhim muvofiqlashtiruvchi rol o‘ynaydi”, — deydi JSST bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus.
Avvalroq JSST birinchi marta Xitoyda koronavirus infeksiyasini yangi yuqtirib olganlar soni kamayganini qayd etgani haqida xabar berilgan edi. 7-fevral kuni Uxandagi gospital yangi turdagi koronavirus xavfi haqida birinchilardan bo‘lib ogohlantirgan shifokor Li Venlyan koronavirus oqibatida vafot etganini ma’lum qildi.
Izoh (0)