• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “U gol urish uchun yashaydi”. Dunyo futboli yulduzlari Krishtianu Ronaldu haqida

    Dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri, “Yuventus” hamda Portugaliya terma jamoasi a’zosi Krishtianu Ronaldu, bugun, 5-fevral kuni, o‘zining 35 yoshini qarshi oldi.

    Biz esa Ronaldu haqida bildirilgan eng sara fikrlarni bir sahifaga joyladik.

    Mavzuga doir: Yutqazishni yomon ko‘radigan Krishtianu Ronaldu 35 yoshga to‘ldi. Uning eng chiroyli gollari bitta sahifada (video)

    Foto: Yahoo

    Foto: Yahoo

    — Men ishlagan futbolchilar orasida, shubhasiz, eng iste’dodlisi Krishtianu Ronaldudir. U “Yunayted”ning barcha buyuk o‘yinchilarini ortda qoldirib ketdi. U bilan klubning faqat ikki tarbiyalanuvchisini qiyoslash mumkin — Pol Skoulz va Rayan Giggz. Chunki ular ham ikki o‘n yillikda yuqori darajada to‘p sura olgan.

    Aleks Fergyuson, “Manchester Yunayted” sobiq ustozi

    — “Sporting”ni boshqargan vaqtimda, Ronalduga doim maydonda bo‘lishini aytardim. Biroq shu bilan birga ba’zi bir fintlarini tashlash kerakligini ham ta’kidlardim. Shuningdek, o‘z o‘yinini qaysi jihatlarini kuchaytirish kerakligini ham. Ertasi kuni mashg‘ulotlarga keldim. Va bu borada birinchi bo‘ldim deb o‘yladim. Qarasam, Ronaldu ikki jamoadagi do‘stlari bilan mashg‘ulot olib borayotgan ekan.

    Fernandu Santush, Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi

    — Ronalduning hozirgi darajasi tabiat bergan iqtidor emas, balki og‘ir mashaqqatli mehnatlar mahsulidir.

    Zlatan Ibragimovich, “Milan” hujumchisi

    — Kim Ronaldu haqida nima demasin, u buyuk, shunchaki buyuk futbolchi! Ronaldudan ko‘ra, balandroq sakray olgan futbolchini ko‘rgan emasman. Fenomenal sportchi.

    Gari Lineker, Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi

    Ronaldu — futbol boyligi. Kimga futbol yoqsa, unga Ronalduning o‘yini ham yoqadi.

    Diyego Maradona, futbol afsonasi

    — Messi Ronaldu borligi uchun, Ronaldu esa Messi borligi uchun eng yaxshi bo‘lishga erishdi.

    Karlo Anchelotti, “Everton” bosh murabbiyi

    — Kiyinish xonasida oyna haqida gap ochilmasdan oldin u bilan birga bo‘lish yoqimli va ajoyib edi. Ronalduga qadar “Manchester Yunayted”da oyna oldi Devid Bekhemga tegishli. Beksdan keyin uning o‘rni Ronalduga tegdi. Krish oyna oldiga kelgan vaqti boshqalar uning oldiga kelish haqida o‘ylamasdi ham. Juda ham ko‘p kutishga to‘g‘ri kelardi.

    Rayan Giggz, Uels terma jamoasi ustozi

    — Ronaldu gollar urish uchun yashaydi.

    Marselo, “Real” himoyachisi

    — Ronaldu qoyilmaqom inson. Maydondan tashqari u hammaga yordam berishga harakat qiladi, ayniqsa bolalarga. Uning shaxsiyatida hali ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan xususiyatlar bor. Odamlar aslida haqiqiy Ronaldu kim ekanligini deyarli bilmaydi. U har kuni rivojlanish uchun tinmay mehnat qiladi. Shu bilan birga u juda ham saxiy inson.

    Raul Albiol, “Vilyarreal” himoyachisi

    — Agar Ronalduda jarohatlar bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa, u bemalol 41 yoshgacha o‘ynashi mumkin. Ronalduning boshqa futbolchilardan ajralib turadi deb aytishni xohlamasdim, biroq unda o‘ziga xos xususiyatlar bor. U hech qachon tezligi past o‘yinchi bo‘lmaydi. Aslida yillar o‘tib futbolchilarda tezlik yo‘qoladi. U esa shunchaki raqib darvozasiga yaqinroq hududda o‘ynashni boshlaydi.

    Joau Arozu, Portugaliya terma jamoasining jismoniy tayyorgarliklar bo‘yicha murabbiyi

    — Uning amalga oshirayotgan ishlari aqlbovar qilmas darajada hayratlanarli. Uning Chempionlar Ligasidagi rekordlarini aqlga sig‘dirib bo‘lmaydi.

    Rio Ferdinand, “Manchester Yunayted” sobiq futbolchisi

    — Men mashg‘ulot o‘tkazardim, chunki shunga majbur edim. U esa mashg‘ulot o‘tkazadi, chunki bu unga yoqadi.

    Ronaldo, Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi

    — Ronaldu Useyn Bolt hamda Rojer Federerga o‘xshaydi. U o‘zga sayyoradan.

    Jorjio Kyellini, “Yuventus” himoyachisi

    — Krishtianu qoyilmaqom futbolchi. U “Real” uchun sanoqsiz gollar urdi. Endi bu ishni Italiyada ham davom ettirmoqda.

    Garet Beyl, “Real” vingeri

    — Ronaldu futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilar beshligiga kiradi. Uning iqtidoriga hech qanday shubha yo‘q.

    Romario, Braziliya terma jamoasi sobiq hujumchisi

    — Albatta, Ronaldu hozir menga yetishmayapti. U Madridni yanada kuchli qilgan edi. Avval ham “Real” uning ketishini his qilishini aytgandim. Uning ketishini his qilmaydigan jamoaning o‘zi yo‘q. Kimningdir jahli chiqishi mumkin. Ammo haqiqat shunday. U mavsum davomida 50 talab gol urardi. Bu esa hal qiluvchi rolni o‘ynashi tabiiy edi. Butun La Ligaga Ronaldu yetishmayapti. Boisi, ajoyib o‘yinchilar doim qiziqarli raqobatni vujudga keltiradi.

    Lionel Messi, “Barselona” hujumchisi

    — Ronalduni “Real” tarixidagi eng yaxshi futbolchi desak hech qanday bo‘rttirish yoki mubolag‘a bo‘lmaydi. “Real”ning hech bir o‘yinchisi klubda hech qachon Ronaldu erishgan natijalarga erisha olmaydi. Krishtianu o‘zga sayyoradan. U bor, demak, gol ham bor. Noyob futbolchi.

    Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

    Asror Abdunazarov tayyorladi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    05.02.2020, 19:49   Izoh (0)   51292
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yutqazishni yomon ko‘radigan Krishtianu Ronaldu 35 yoshga to‘ldi. Uning eng chiroyli gollari bitta sahifada (video)

    05.02.2020, 18:18

    Xurshid G‘iyosov Janubiy Koreya klubi bilan shartnoma imzoladi

    05.02.2020, 14:00

    Liga 1. PSJ safarda “Nant”ni bazo‘r mag‘lub etdi

    05.02.2020, 08:11

    Germaniya Kubogi. “Borussiya D” va “Leypsig” musobaqa bilan xayrlashdi

    05.02.2020, 07:54

    Angliya Kubogi. “Liverpul” “Shrusberi”ni mag‘lub etdi va 1/8 finalda “Chelsi” bilan o‘ynaydi

    05.02.2020, 07:36

    Luka Modrich “Real”dan ketishi mumkin. Unga AQSh klubi ikki barobar ko‘p maosh to‘lashga tayyor

    04.02.2020, 21:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.