Angliya Kubogi musobaqasining to‘rtinchi bosqichidan o‘rin olgan takroriy bahslar 4-fevral, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Liverpul” jamoasi o‘z maydonida “Shrusberi” bilan bahs yuritdi. 75-daqiqadagi Ro-Shon Uilyamsning avtogoli o‘yin taqdirini hal qilib berdi. Mazkur o‘yinda “qizillar” o‘z tarixidagi eng yosh jamoa bilan maydonga tushdi. Keyingi bosqichda Yurgen Klopp jamoasi “Chelsi” bilan o‘ynaydi.
Angliya Kubogi
To‘rtinchi saralash bosqichi
4-fevral, seshanba
“Liverpul” — “Shrusberi” 1:0
Gol: 1:0 — 75, avtogol Uilyams.“Liverpul”: Kellexer, Uilyams, Huver, van der Berg, Klarkson (Boys, 90), Lyuis, Keyn, Chirivelya, Jons, Millar (Hardi, 82), Elliot (Dikson-Bonner, 90).
“Shrusberi”: O`Liri, Ebanks-Lendell, Golburn, Lav, Per, Loran, Edvards, Goss (Kammings, 74), Uilyams, Leng (Udo, 57), Uolli (Uoker, 82).
Ogohlantirishlar: Golburn (33), Uilyams (40), Lav (65).
“Birmingem” — “Koventri” 2:2 (penalti — 4:1)
Gollar: 0:1 — 50 Bakayoko, 1:1 — 90 Din, 1:2 — 114 Biamu, 2:2 — 120 Bela.“Derbi Kaunti” — “Northempton” 4:2
Gollar: 1:0 — 28 Uizdom, 2:0 — 35 Holms, 2:1 — 47 Adams, 3:1 — 51 Merriott, 4:1 — 77, penalti Runi, 4:2 — 84, penalti Hoskins.“Kardiff — “Reding” 3:3 (penalti — 1:4)
Gollar: 1:0 — 19 Merfi, 2:0 — 54 Glatsel, 2:1 — 69 Richards, 2:2 — 79 Rinomxota, 3:2 — 93 Myorfi, 3:3 — 116 Meyte.“Oksford Yunayted” — “Nyukasl” 2:3
Gollar: 0:1 — 15 Longstaff, 0:2 — 30 Joelinton, 1:2 — 84 Kelli, 2:2 — 90 Xolland, 2:3 — 116 Sen-Maksimen.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)