“Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin, deya xabar qilmoqda Marca.
Xorvatiyalik futbolchiga “Inter Mayami” jamoasidan qiziqish bor. Devid Bekhemga tegishli klub Modrichga hozirgi maoshidan ikki barobar ko‘p mablag‘ taklif qilmoqchi. Lukaning “Real”dagi maoshi yiliga 10—14 million yevroni tashkil etadi.
Shuningdek, floridaliklar PSJ hujumchisi Edinson Kavanini ham qo‘lga kirtishni istamoqda. Urugvaylik futbolchi yozda erkin agent maqomini oladi, biroq MLS’da mavsum mart oyida boshlanadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)