Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘chaning yopilishi haqida xabar berdi.
“Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Geologiya va geofizika institutida qurilish ishlari boshlanishi munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek va Mo‘minova ko‘chasi oralig‘idagi Olimlar ko‘chasi transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi”, — deyilgan poytaxt hokimligi matbuot xizmatining xabarida.