O‘zbekistonda so‘z erkinligiga mustahkam asos yaratildi. Bu haqda 2-fevral, yakshanba kuni, bo‘lib o‘tgan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining ochilish marosimida fondning Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.
Marosimda so‘zga chiqqan Mirziyoyeva xonim Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan davriga to‘xtalar ekan, qisqa, lekin samarali mehnat natijasini berganini ta’kidlab o‘tdi.
“So‘z erkinligiga mustahkam asos yarata oldik. Bu Prezidentimiz olib borayotgan siyosatning natijasidir.Saida Mirziyoyeva, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosariHozir o‘z ishining professionallarini birlashtirish vaqti keldi. Jurnalist va blogerlarga mass-mediadagi muammolar ma’lum. Fikrimcha, mazkur fond mana shu muammolarni bartaraf etish va oldimizga qo‘ygan maqsadlarimizni amalga oshirishda muhim olim bo‘ladi.
Prezidentning qizi bo‘lish — imtiyoz emas, juda ulkan mas’uliyat. Faoliyatim davomida ko‘p bora meni tanqidiy taqqoslash harakatlarini kuzatdim. Men mas’uliyatni chuqur his qilmoqdaman va jamoatchilikka foyda keltirish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman”.
Mavzuga doir: Komil Allamjonov: Tizim mendan keyingi rahbarlar tomonidan to‘g‘ri va sifatli davom ettirilishi juda ham muhim
Eslatib o‘tamiz, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi — ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro‘yobga chiqarishda ko‘mak berish, mamlakatda so‘z erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, O‘zbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga ko‘maklashish va boshqalardir.