Toshkentdagi Hyatt Regency mehmonxonasida Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Taqdimotda jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov, jamoat fondi Vasiylik kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, xalqaro tashkilotlar, matbuot xizmatlari vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.
Tadimot davomida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan jurnalist, bloger va mass-media vakillariga bag‘ishlangan rolik namoyish etildi. Ushbu maxsus qo‘shiq “Sahar” guruhi tomonidan ijro etilgan.
Tadbirning eng yorqin lahzalari Madina Nurman fotolavhalarida.