Jinoyatchilikka qarshi kurash muhitini yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olishda mahallaning o‘rnini kuchaytirish, mutasaddi idora va jamoat birlashmalari o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish borasida hududlar tajribalarini yaratish maqsadida Prezident administratsiyasi va IIV mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruh 31-yanvardan 21-fevralga qadar barcha hududiy ichki ishlar organlarida tezkor-xizmat faoliyatini o‘rganadi va amaliy yordam ko‘rsatish ishlarini tashkillashtiradi.
Prezident maslahatchisi o‘rinbosari U.Tashxadjayev va ichki ishlar vaziri o‘rinbosari D.Qodirov rahbarligidagi ishchi guruh Andijon viloyatiga tashrif buyurib, tuman-shahar ichki ishlar organlarining tezkor-xizmat faoliyatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazifalar berdi. Tizimdagi yangi obyektlar bilan tanishildi, yosh xodimlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi va mahallalardagi muammolarni o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Ishchi guruh “Namunali hudud” tajribasi doirasidagi tungi xizmatga jalb qilingan shaxsiy tarkib, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik guruhlari, “Mahalla posboni” tuzilmasi a’zolari va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari bilan uchrashib, hududda xavfsizlikni ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, Andijon viloyati IIB patrul-post va jamoat tartibini saqlash boshqarimasi xodimlari va jamoatchilik vakillariga tungi yo‘riqnoma o‘tkazildi, deyiladi IIV matbuot xizmatining xabarida.