Majburiy ijro byurosi Qarshida gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, faoliyat yuritayotgan g‘isht zavodi faoliyatiga chek qo‘ydi. Bu haqda MIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Byuroning Qarshi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan g‘isht ishlab chiqarish zavodi ko‘rikdan o‘tkazilganida, tabiiy gazdan noqonuniy, ya’ni qo‘lbola pechlardan foylanayotganligi holati aniqlangan va dalolatnoma rasmiylashtirilib, gaz tarmog‘idan uzilgan.
Shuningdek, shu yili takroran ko‘rikdan o‘tkazilganida, tabiiy gaz tarmog‘idan uzib qo‘yilgan bo‘lsa-da, o‘zboshimchalik bilan, ruxsatsiz tarmoqqa qayta ulanib olganligi uchun qayta tarmoqdan uzilgan.
Mazkur zavod 2019-yilda takroran ko‘rikdan o‘tkazilganida, tabiiy gaz tarmog‘iga yana ulanib olganligi aniqlanib, dalolatnoma rasmiylashtirilib, tabiiy gaz tarmog‘idan takroran uzilgan.
Keyinchalik navbatdagi ko‘rikdan o‘tkazilganida, zavod gaz tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari bir dona rezina shlang orqali takroran o‘zboshimchalik bilan ulanib olganligi gaz tarmog‘idan uzish haqidagi dalolatnomalar rasmiylashtirilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu g‘isht zavod ta’minotchi korxona manfaatlariga jami 394 million 641 ming so‘mlik juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan ushbu korxona mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (Elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)