Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining qoldirilgan 18-turi doirasida 29-yanvar, chorshanba kuni Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” safarda “Vest Hem”ni sinovdan o‘tkazdi.
Uchrashuvning 35-daqiqasida “qizillar” hujumchisi Muhammad Saloh mezbonlar darvozasiga penaltidan gol urgan bo‘lsa, 52-daqiqaga kelib Aleks Oksleyd-Chemberlen hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa “Liverpul” mehmonda kechgan bahsda “Vest Hem”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Mersisayd klubi ochkolari sonini 70 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida yaqqol yetakchilik qilmoqda. “Vest Hem” 23 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.
APL
Qoldirilgan 18-tur bahsi
29-yanvar, chorshanba
“Vest Hem”—“Liverpul” 0:2
Gollar: 0:1 — 35, penalti Saloh, 0:2 — 52 Oksleyd-Chemberlen“Vest Hem”: Fabianski, Kressuell, Ogbonna, Masuaku, Diop, Rays, Nobl, Snodgrass, Lansini (Fornals, 69), Aller, Ngakia
“Liverpul”: Alisson, Robertson, Gomes, Aleksander-Arnold (Keyta, 77), van Deyk, Henderson, Oksleyd-Chemberlen (Jons, 85), Veynaldum, Saloh, Origi (Fabinyo, 69), Firmino
Ogohlantirishlar: Diop (34), Nobl (43)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)