“Manchester Yunayted” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Ivan Rakitich xizmatlariga qiziqish bildirmoqda, deya xabar qilmoqda ESPN.
Mankunianliklar 31 yoshli xorvatiyalik futbolchi transferi borasida so‘rov yuborgan. Katalon klubi Rakitichni 20 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Ayni paytda tomonlar kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Biroq Rakitich oilasini Ispaniyadan olib ketishni istamayapti. Shuningdek, mazkur transferga “Manchester Yunayted”ning “Sporting” bilan Brunu Fernandesh borasida kelishuvga erishgani xalal berishi mumkin.
Rakitichning “Barselona” bilan amaldagi shartnomasi 2021-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Ivan La Liga joriy mavsumida 15 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita samarali uzatmaga muallif bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)