PSJ hujumchisi faoliyatini Madridning “Atletiko” klubida davom ettirishga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda AS.
Urugvaylik 32 yoshli hujumchining agenti Madridga yetib kelgan. U transfer masalasini hal etish uchun kelgani aytilmoqda. Ushbu transfer masalasi bugun hal etilishi mumkin.
Unga ko‘ra, Kavani “Atletiko” bilan 2,5 yillik shartnomaga imzo chekadi. Uni yana bir yilga uzaytirish mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” avvalroq PSJga Kavani uchun 15 million yevro taklif qilgandi. Bundan tashqari parijliklar 3 million yevro bonusga ega bo‘lishi qayd etilgandi.
Ma’lumot uchun, Edinson joriy mavsum Liga 1 doirasida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)