O‘zbekiston tennis federatsiyasining bosh kotibi Iroda To‘laganova Osiyo tennis federatsiyasi (OTF) vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.
To‘laganova 2019-yilning 1-dekabr kuni Hindistonning Bangalor shahrida o‘tgan yig‘ilishda OTF direktorlar kengashiga a’zo bo‘lgan edi.
2019-yilning 8-fevralida sobiq tennischi O‘zbekiston tennis federatsiyasi rahbariga aylangandi.
Ma’lumot uchun, Iroda To‘laganova tennischilik faoliyati davomida yakkalik bahslarida 3 ta WTF, 3 ta ITF musobaqalarida g‘alaba qozongan. Jahon reytingida 16-o‘ringacha ko‘tarilgan. “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni, “Shuhrat” medali sohibasi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)