Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 21-turi doirasida 26-yanvar, yakshanba kuni 5 ta bahs nihoyasiga yetdi.
Diyego Simeone boshqaruvidagi Madridning “Atletiko”si “Vanda Metropolitano”da “Leganes”ni qabul qildi.
Uchrashuvda tomonlar darvozasi daxlsizligi saqlanib qolindi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.
Ma’lumot uchun, “matraschilar” 36 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. “Leganes” esa 15 ochko bilan 19-pog‘onani egallab turibdi.
Zindedin Zidan qo‘l ostidagi Mardidning “Real” klubi esa “Valyadolid” maydoniga safar qildi.
Bellashuvdagi yagona gol 78-daqiqada urildi. Unga “Qirollik klubi” himoyachisi Nacho mualliflik qildi.
Shu tariqa madridliklar mehmonda kechgan bahsda “Valyadolid”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Real” ochkolari sonini 46 taga yetkazib, musobaqa jadvalida yetakchiga aylanib oldi. “Valyadolid” esa 22 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.
La Liga
21-tur bahslari
26-yanvar, yakshanba
“Atletiko”—“Leganes” 0:0
“Selta”—“Eybar” 0:0
“Xetafe”—“Betis” 1:0
Gol: 1:0 — 89, penalti Anxel Rodriges“Real Sosyedad”—“Malyorka” 3:0
Gollar: 1:0 — 46 Isak, 2:0 — 58, avtogol Games, 3:0 — 81 Portu“Valyadolid”—“Real” 0:1
Gol: 0:1 — 78 NachoYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)