• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Benazir. “Real”ga ustozlik qilgan, undan oldin esa “Barselona”da tarjimon bo‘lgan Joze Mourinyo haqida

    Yevropa futbolining yetuk mutaxassislaridan biri Joze Mourinyo 26-yanvar kuni 57 yoshni qarshi oldi. Ushbu maqola tarjimonlikdan dunyoning eng buyuk murabbiylaridan biriga aylangan insonning Barselonadagi hayoti haqida hikoya qiladi.

    2006-yilning mart oyida “Chelsi” Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida “Barselona”ga qarshi o‘ynash uchun Kataloniyaga keladi. Uni katalon muxlislari “Tra-duc-tor! Tra-duc-tor!”, — deya kuylagan holda kutib oladi. Tarjimon. “Barselona” prezidenti Xosep Luis Nunyes portugaliyalik mutaxassisni shunday atardi. Garchi, Mourinyo Kataloniya poytaxtida o‘tkazgan to‘rt yilining bor-yo‘g‘i bittasida tarjimon bo‘lib ishlagan bo‘lsa-da.

    Bir necha yillar avval o‘shanda hech kim tanimaydigan Joze juda mashhur Bobbi Robsonning ortidan Barselona shahridagi El Prat aeroportiga kelib qo‘nadi. Mourinyo ingliz mutaxassisi bilan Portugaliyada birga ishlagandi. Joze tarjimonlikdan tashqari, raqib jamoa haqida hisobotlar tayyorlardi, eski maktab vakili hisoblangan Robson uning ishiga qoyil qolar, biroq hisobotlarga deyarli e’tibor qaratmas edi. Angliyaning shimoli-sharqidan bo‘lgan mutaxassis hujumkor futbolga ishonar va uning maydon chetidan “Qani, olg‘a yigitlar! Qani, qani harakat qilamiz!”, degan hayqirig‘idan keyin barcha taktik chizmalar bir pulga qimmat bo‘lib qolardi.

    Foto: “Sports.ru”

    Foto: “Sports.ru”

    Barselonada Mourinyo Robson jamoaga kirishib keta olmayotganini darhol sezdi. Gap taktika yoki tilda emasdi. Stoichkov, Gvardiola, Nadal, Bakero, Amor, Ferrera va Serxilar uchun yangi murabbiy juda oddiy ko‘rindi. O‘zining birinchi mashg‘ulotida Bobbi Robson tizzalab oldi va taktik qo‘llanmani polga chiza ketdi. Futbolchilar shok holatiga tushib qolgandi: Yoxan Kroyfning shohona tarbiyasini olgan futbolchilar uchun “mister”ning (Ispaniyada bosh murabbiylarni shunday atashar edi) bunday harakatlari noodatiy hol edi.

    Shu sabab jamoa bilan aloqalarni Mourinyo yo‘lga qo‘yardi. U futbolchilarning hayoti bilan qiziqar va har bir kichik detalni ham e’tibordan chetda qoldirmasdi. Buni kiyinish xonasi “senatorlari”, ayniqsa Pep Gvardiola yuqori baholardi. Bundan tashqari, Joze katalon tilini o‘rganishni boshladi, bu unga OAV bilan bo‘ladigan muloqotni osonlashtirardi. Bobbi Robson matbuot anjumanlarida detallarga to‘xtalishni yoqtirmasdi va savollarga juda qisqa javob berardi. Mourinyo esa uni boyitib tarjima qilar, buni ingliz tilini tushunadigan jurnalistlar alohida e’tirof etardi.

    Foto: “Sports.ru”

    Foto: “Sports.ru”

    Mou yosh Ronaldoning jamoaga moslashishiga yordam berdi, bundan tashqari tarjimonning futbolchilarni himoya qilishi jamoaga xush kelardi. Kroyf “Barselona”dagilarga murabbiy doim o‘z o‘yinchilarini himoya qilishi kerakligiga o‘rgatgandi. Masalan, o‘yinlarning birida Alberto Ferrer ortidan ikki oyoqlab tashlangan “podkat”dan keyin og‘ir jarohat oladi, Kroyf esa maydonga tushib keladi va shogirdiga nisbatan qo‘pollik qilgan o‘yinchiga tarsaki tortadi. Albatta, murabbiy diskvalifikatsiya qilinadi, biroq jamoa uning bu harakatini yuqori baholaydi. Mourinyo ham shunday harakat qilishga intilardi.

    1996-yilning noyabrida “Barselona” Primerada mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oladi. Bilbaodagi bahsda “Atletiko” himoyachilari Aytor Karanka, Serxio Korino va Inigo Larrainsar “Barsa” hujumi vakillari Ronaldo, Jovanni, Figu va Luis Enrikeni sindirib tashlagandi. Navbatdagi qo‘pollikdan keyin Gvardiola “Atletik” bosh murabbiyi Luis Fernandes yuzida tabassumni ko‘radi va unga baqira ketadi: “Sen nimaga kulyapsan?!”. Shundan keyin ikki jamoa zaxira o‘rindig‘idagilar o‘rtasida tortishuv boshlanadi. Luis Fernandes o‘sha vaqtda Robson bilan gaplashmoqchi bo‘ladi, ingliz mutaxassisi esa xuddi hech nimadan xabari yo‘q odamdek bee’tibor turardi.

    Foto: Yandex Photos

    Foto: Yandex Photos

    Biroq Fernandesning yoniga Mourinyo  keladi va uni turta boshlaydi. “Sen o‘zi kimsan?! — baqiradi Fernandes. — Men seni tanimayman! Men Robson bilan gaplashyapman, uning tarjimoni bilan emas!”.

    “Men tarjimon emasman!” — undan qolishmagan holda baqiradi Mourinyo.

    Jamoa bunday lahzalarni yodda saqlab qoladi. O‘yinchilar Robsonning chetda qolganini va Mourinyoning jazavaga tushganini eslab qoldi. Ular tarjimonni o‘z davlariga qo‘shdi. Yoxan Kroyf ketganidan keyin taktika haqida gaplashadigan odam qidirayotgan Gvardiola uchun Joze mukammal suhbatdosh bo‘ldi. Xose Mariya Bakero Mourinyoning xonasiga keladi va undan Meksikaning “Varakrus” jamoasiga o‘tishi va xayrlashuv o‘yini o‘tkazishi haqida gaplashadi. Ancha jur’atli bo‘lishga ulgurgan Mourinyo rasmiy bayonotlar berishni boshlaydi. Xususan, “Barselona” futbolchilari qizil kartochka oladigan vaziyat “Real”da bo‘lsa, ularga sariq kartochka berilishi haqidagi gaplari katalon matbuotida juda mashhur iqtibosga aylanadi.

    Mavzuga doir: Futbol tarixidagi eng chalkash transfer. “Real” di Stefanoni “Barselona”dan qay tariqa tortib olgani haqida

    Oxir-oqibat Mourinyo maydon chetidan futbolchilarga mustaqil ravishda ko‘rsatma bera boshladi. Bobbi Robson esa Mouning bu harakatlariga hasad qilmas — har o‘yin oldidan raqib haqida taktik hisobotlar tayyorlaydigan tarjimonda murabbiylik qalbi yashayotganini his qilardi. Robson himoya chizig‘iga katta e’tibor qilmasdi, shu sabab, 1997-yildan boshlab Mourinyo “Barselona” himoyasiga javob beradigan shaxsga aylandi.

    Foto: “Sports.ru”

    Foto: “Sports.ru”

    1996/97-yilgi mavsumda “Barselona” Kubok egalari Kubogi, Ispaniya Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi, milliy chempionatda 102 ta gol urdi, biroq yakunda Primera oltin medallaridan quruq qoldi.

    Barcha o‘yinlar yakunlangach, Mourinyo Barselonadan 36 kilometr narida joylashgan Robsonning uyida mehmon bo‘ldi. U vaqtda Xosep Luis Nunyes Lui van Gal bilan muzokaralar olib borayotgani va Bobbi Robson jamoani tark etishi ayon bo‘lgandi. Robson Mouga “ko‘k-anorranglilar” jamoasida qolishni, van Gal bilan aloqa o‘rnatish va bu “jin urgur”dan saboq olishni maslahat berdi.

    Istiqbolli portugaliyalik tezda van Galning ham e’tiboriga tushdi. Mourinyo niderlandiyalik mutaxassisning yordamchilaridan biriga aylandi (Nunyes uni hali hamon tarjimon deb atardi). Joze ko‘pincha o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida emas, tribunadan kuzatib borardi: van Gal o‘yinning borishi yuqoridan aniqroq ko‘rinadi va yordamchi kerakli maslahatlarni berishi mumkin deb hisoblardi. “Juda kibrli, biroq juda aqlli. U men bilan tortishishdan qo‘rqmasdi va oxir-oqibat men unga qolgan yordamchilarimdan ko‘proq quloq solardim”, — deya eslaydi van Gal. Ishonch shu darajaga yetib bordiki, Mou Kataloniya Kubogi va Ispaniya Kubogining dastlabki bosqichlarida jamoani boshqaradigan bo‘ldi.

    Foto: “Sports.ru”

    Foto: “Sports.ru”

    Mourinyoning maqsadlari o‘sib boraverdi va u 1999-yilda “Barselona”ni tark etish haqida o‘ylay boshladi. Rasmiy aloqalarning uzilishi 2000-yilga to‘g‘ri keldi, Mourinyo o‘sha kuni Gvardiola, Abelardo, Figu, Serxi va Luis Enrike bilan tushlik vaqtida ketishini ma’lum qildi. U yoz davomida ishsiz yurdi, Robbi Bobsonning taklifini rad etdi — ingliz mutaxassisi uni “Nyukasl”da o‘ziga yordamchi qilib olmoqchi bo‘lgandi. Joze esa “Benfika”dan taklif kutardi.

    Mourinyo “Benfika”da bor-yo‘g‘i uch oy ishladi, u klub prezidenti bilan tortishib qoladi va ishdan bo‘shaydi. Keyin esa o‘rtamiyona “Leyriya”da ish boshlaydi. Joze jamoa bilan Portugaliya chempionatida to‘rtinchi o‘rinni egallab, sensatsiya qayd etadi va “Potu”dan taklif oladi. Mutaxassis “Portu” boshqaruvida Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib chiqadi.

    Special One’ning keyingi tarixini juda yaxshi bilasiz va unga bafurja to‘xtalib o‘tishning hojati yo‘q deb hisobladik.

    Tug‘ilgan kuning bilan, janob O‘zgacha!

    Hamidxonov Nodirxon tarjimasi

    26.01.2020, 19:49   Izoh (0)   29924
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    PSJ va “Yuventus” futbolchi almashtiradigan bo‘ldi

    25.01.2020, 23:33

    19 yoshli Erling Holand Bundesliga rekordini o‘rnatdi

    25.01.2020, 22:31

    Rasman: Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmo Bundesliga klubiga o‘tdi

    25.01.2020, 21:42

    Lyubinko Drulovich: Bozorov bilan holatda qizil kartochka yo‘q edi

    25.01.2020, 20:10

    O‘zbekiston Avstraliyaga yutqazib, Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasidan quruq qoldi (video)

    25.01.2020, 19:25

    “Barselona” futbolchisi faoliyatini “Roma”da davom ettiradi

    25.01.2020, 18:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron oliy rahnamosi o‘z o‘limi ehtimoliga vorislarini tanladi — NYT

    Dunyo | 22 iyun, 22:06

    AQSH hujumiga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopmoqchi. Bu nimani anglatadi?

    Dunyo | 22 iyun, 21:28

    AQSH Eronga 75 ta bomba tashlagan: hujum tafsilotlari e’lon qilindi

    Dunyo | 22 iyun, 20:44

    “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar nomi o‘zgardi — TNT Sports

    Sport | 22 iyun, 20:20

    AQSH Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorlanmoqda — NBC

    Dunyo | 22 iyun, 20:02

    Qozog‘istonda samolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor

    Qozog‘iston | 22 iyun, 19:48

    Medvedev bir qator davlatlar Eronga “yadroviy o‘q-dorilar” berishga tayyorligini aytdi

    Dunyo | 22 iyun, 18:19

    “Qo‘shnilar” bahsi, braziliyaliklar hissasi va yirik hisobdagi g‘alaba: “Navbahor” va “OKMK” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 22 iyun, 18:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.