• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Moda

    Siyosatni tashlab, ijodkorlikni tanlagan “orzular dizayneri”. Kristian Dior haqida fotomaqola

    Christian Dior brendi erkaklar va ayollar uchun liboslar, poyabzallar, parfyumeriya hamda kosmetika mahsulotlari, soat va aksessuarlar bilan mashhur. 21-yanvar — ushbu brend asoschisi, fransuz dizayneri Kristian Dior tug‘ilgan kun. U 1905-yil Fransiyaning Granvil shahrida tug‘ilgan.

    Foto: Levou Zadni

    Foto: Levou Zadni

    Faqat siyosat emas

    Kristian besh farzandli oilada ikkinchi bo‘lib dunyoga kelgan. Oilasi o‘ziga to‘q bo‘lgani bois u va boshqa farzandlar muhtojlik nimaligini bilmagan. U yoshligidan san’at va arxitektura bo‘yicha ta’lim olishni istagan, lekin ota-onasi farzandining diplomat bo‘lishini xohlab, uni siyosiy ta’limga bergan. Xalqaro huquq va geografiya fanlarini o‘zlashtirish o‘rniga bo‘lajak kutyur vaqtini muzeylarda o‘tkazgan, rassomlik san’ati tarixini, shuningdek, musiqani o‘rgangan. O‘zini siyosatda ko‘rmagan Dior ta’limning 3-yilida o‘qishni tashlagan. 1928-yilda Kristian do‘sti Jan Bonjak bilan birgalikda o‘zi istaganidek tasviriy san’at galereyasini ochgan. Galereya Andre Deren, Anri Matiss va Pablo Pikassoning suratlarini o‘z ichiga olgan.

    Foto: “S miru po nitke”

    Foto: “S miru po nitke”

    Foto: “S miru po nitke”

    Foto: “S miru po nitke”

    Moliyaviy inqirozdan olib chiqqan eskizlar

    1930-yil Dior uchun og‘ir boshlangan. Akasidagi ruhiy kasallik, onasining saraton tufayli vafoti, otasining iqtisodiy inqirozga uchrashi uni depressiyaga tushishi, bularning barchasi galereyani yopishga sabab bo‘lgan. Vaqtincha ish qidirib sarson bo‘lgan Kristian o‘zini turli sohalarga urib ko‘radi. Turli qoqilishlar, omadsizliklarga qaramay, u o‘z yo‘lini yana ijod orqali topadi. Avvaliga taniqli jurnallardagi eskizlardan nusxa ko‘chirib suratlar chizadi. Bora-bora u chizgan suratlar moda olamidagi kishilar e’tiborini tortadi, Le Figaro Illustre jurnali Kristian muallifligida chizilgan liboslar va shlyapalarni chop eta boshlaydi. Ish qidrishni chetga surib eskizlar ketidan kun ko‘rgan dizayner 1937-yilda daromadi yaxshiligidan shaxsiy turar-joy sotib oladi.

    Foto: Levou Zadni

    Foto: Levou Zadni

     

    Foto: Levou Zadni

    Foto: Levou Zadni
    Mening tug‘ilgan kunim — ilk kolleksiyam namoyishi bo‘lgan kun  

    Kristian Dior

    Bundan 74 yil avval, 1946-yil 16-dekabrda Dior Parijning Montel ko‘chasida mo‘jazgina modalar uyiga asos solgan. 1947-yilning fevralida esa moda ixlosmandlariga New Look deb nomlangan kolleksiyani taqdim etgan. Podiumda  maftunkor, nozik qaddi-qomatli modellar etak qismi keng, bel qismi esa kamar, belbog‘ va tasmalar bilan noziklikni aks ettirgan nafis liboslar to‘plamini namoyish etgan. Bunday siluet moda olamida revolyutsiya bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Kolleksiyada Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy yoki mehnat liboslarida yashiringan ayollarning nozikligi va jozibasiga urg‘u berilgandi. Trapetsiya shaklidagi pastki qismi oqshom libosidek keng, bel qismi ingichka qilib bichilgan liboslarni kiygan ayol o‘zini alohida bilib quvonsa, bejirim libosdagi go‘zal sarvqomat atrofidagilar ko‘zini ikki karra ko‘proq quvontirgan. Urushning dahshatidan go‘zallik nimaligini unutib qo‘ygan insonlar “orzular dizayneri”ning ishlaridan estetik zavq olgan. Harper’s Bazaar jurnalining bosh muharriri Karmel Snou esa New Look’ga moda olamidagi yangi qiyofa deb ta’rif bergan.

    Foto: “Moda Gid.ru”

    Foto: “Moda Gid.ru”

    Foto: “Moda Gid.ru”

    Foto: “Moda Gid.ru”
    Yaratgan liboslarim — bu mening hayotim. Ularda mening his-tuyg‘ularim, baxt va quvonchim aks etadi.

    Kristian Dior

    Foto: “Moda Gid.ru”

    Foto: “Moda Gid.ru”
    Kolleksiyadagi eng chiroyli obrazlardan biri Bar Suit (bar deb nomlangan jaket) edi. Jaket nomining bar deb atalishi, g‘oyaning dizayner hayoliga Plaza Athenee mehmonxonasi barida o‘tirganida kelgani bilan bog‘liq. 1960-yilda Bar Suit Dior modalar uyi tomonidan Britaniyaning “Viktoriya va Albert” muzeyiga sovg‘a qilingan.

    Foto: BBC News/Bar Suit

    Foto: BBC News/Bar Suit

    1948-yil Nyu-Yorkda modalar uyining filiali ochiladi, bir yil o‘tib ushbu brend nomi bilan aksessuarlar, mexlar va sumkalar litsenziyalangan. Badavlat, taniqli insonlar, aristokratlar, Gollivud yulduzlari Christian Dior mijozlari bo‘lgan. 1952-yilda Londonda yangi filial Christian Dior Models Limited ochiladi. Bir yil o‘tar-o‘tmas kompaniya Meksika, Kanada, Kuba va Italiyada faoliyatini davom ettirgan.

    Foto: Levou Zadni

    Foto: Levou Zadni
    Atir ayol haqida uning dastxatidan ko‘ra ko‘proq gapirishi mumkin.

    Kristian Dior

    Dizayner ayollar go‘zalligini faqatgina libosda deb bilmagan. Uning fikricha, o‘zini munosib tutish, did va farosat ayolning asosiy ko‘rki, lekin shunga qaramay, tashqi ko‘rinish va taraladigan iforga befarq bo‘lmaslik kerak. Shu bois bo‘lsa kerak, atirga ayol obrazini yakunlovchi so‘nggi chiziq deb ta’rif bergan. Fikrining tasdig‘i sifatida, bolalikdagi do‘sti Eftler Luish bilan birgalikda yoqimli iforni o‘zida mujassam etgan atir ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Miss Dior deb nomlangan atir tez orada dunyoning turli burchaklarida talabgir bo‘ladi. Atir Kristianning kichik singlisi Katringa atalgan. Mademuazel emas, balki miss deb atalishi esa uning Angliyaga bo‘lgan sevgisidan dalolat.

    Foto: BBC News

    Foto: BBC News

    Kristian Dior 1957-yilning oktabrida 52 yoshida yurak xuruji tufayli to‘satdan vafot etgan. Uning o‘limidan keyin kompaniyani shogirdi  Iv Sen Loran, keyinchalik Mark Boan, Janfranko Ferre, Jon Galliano, Raf Simmons va Mariya Gratsiya Kyuri boshqargan. Hozirda brendning yillik daromadi 20 milliard yevroni, undagi jami ishchilar soni esa 76 mingdan ortiqni tashkil etadi.

    Foto: Levou Zadni

    Foto: Levou Zadni

    2017-yilda Londondagi “Viktoriya va Albert” muzeyida Kristianga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tgan.“Kristian Dior: Orzular dizayneri” deb nomlangan ko‘rgazma 2019-yil 2-fevraldan 14-iyulgacha davom etgan. 

    Foto: Fashion Network

    Foto: Fashion Network

    Foto: Fashion Network

    Foto: Fashion Network

    Mavzuga doir:

    Foto: Versace brendini yoqtiradigan yulduzlar

    Fotogalereya: Dizaynerlarning chegara bilmas fantaziyasi

    Beyonce’ga ko‘ylak tikkan dizayner Toshkentda o‘z kolleksiyasi namoyishini o‘tkazdi (foto)

    Modellar boylarga jazman bo‘ladimi? Model qiz hikoyasi

    Yiliga 22,5 million dollar to‘lanadigan model (foto)

    22.01.2020, 20:29   Izoh (0)   53756
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saudiya Arabistonidagi moda namoyishida podiumga modellar o‘rniga dronlar chiqdi (video)

    08.06.2018, 16:14

    Dizayner Gulchehra Yunusova yangi liboslar to′plamini namoyish etdi (foto)

    15.05.2018, 16:43

    Shahrisabzda modalar mavsumining ochilishi bo‘lib o‘tdi

    22.03.2018, 16:34

    O‘zbekistonlik dizayner Xitoydagi modalar haftaligida ishtirok etdi (foto)

    22.01.2018, 18:05

    Dunyodagi eng qulay ekologik shim namoyish etildi

    21.12.2017, 15:52

    O‘zbekistonlik modelyer Dubayda bo‘lib o‘tgan musulmonlar moda haftaligida ishtirok etdi (foto+video)

    13.12.2017, 14:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil G‘azodagi kafega aviazarba berdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 1 iyul, 08:58

    Qozog‘istonda jamoat joylarida yuzni yopish taqiqlandi

    Qozog‘iston | 1 iyul, 08:33

    “Daryo” videoreportaji: Ozodbek Nazarbekov Namanganda katta sahnaga qaytdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 00:10

    Tailandda budda rohibi o‘z hamkasbini otib o‘ldirdi

    Dunyo | 30 iyun, 23:55

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 30 iyun, 23:40

    Britaniyada ChatGPT tufayli ish o‘rinlari bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyun, 23:25

    Yaponiyada qora ayiq tufayli aeroport faoliyati to‘xtab qoldi (video)

    Dunyo | 30 iyun, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.