O‘zbekistonlik modelyer Dilnoza Shamsutdinova 8—9-dekabr kuni Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Dubai Modest Fashion Week xalqaro festivalida ishtirok etdi. Bu haqda “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘idagi “I snova pro Tashkent” guruhida xabar berildi.
Festival shohsupasida shariatga mos kiyimlar namoyish etildi. Dilnoza Shamsutdinova o‘zining Suger Plum Couture markasini taqdim qildi. Uning kolleksiyasidan adras matosidan qo‘lda tikilgan salla va chakmonlar o‘rin oldi.
Izoh (0)