Andijon viloyati Asaka tumani “Ko‘rkam” MFY hududidan o‘tuvchi Asaka—Andijon avtomobil yo‘lining 163-kilometrida avtohalokat sodir bo‘ldi. Bu haqda Telegram’dagi “Andijonliklar” kanalida xabar berildi.
Lacetti haydovchisi mast holda avtomobil boshqarib, yo‘l chetidagi kanalga tushib ketgan. YTH oqibatida bir kishi jarohat olgan.
Avvalroq Andijonning Jalaquduq tumanida yuz bergan boshqa YTH haqida ma’lumot berilgan edi.
Izoh (0)