Daryo

Jalaquduqda hujjatsiz Spark haydagan 16 yoshli o‘quvchi YTHga uchrab halok bo‘ldi (video)

U boshqaruvni eplolmay daraxtga borib urilgan

1 daqiqa o‘qish101 620 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Telegram / Andijonliklar

Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida inson o‘limi bilan yakunlangan YTH yuz berdi. Bu haqda “Andijonliklar” Telegram kanalida xabar berildi.

Foto: Telegram / Andijonliklar

Xabarda aytilishicha, tumanda yashovchi 9-sinf o‘quvchisi hech qanday hujjatlarsiz Spark avtomobilini haydab chiqib ketgan. U boshqaruvni eplolmay daraxtga borib urilgan. Avariya oqibatida Spark ag‘darilib ketgan.

Hodisa oqibatida 16 yoshli Muhammadali Haydarov ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay halok bo‘lgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar