• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev: Parlamentda sog‘lom raqobat bo‘lishi kerak. Muxolifat qo‘rqmasin

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisida so‘zga chiqqan Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament haqida fikr bildirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    O‘ylanglar, biz og‘ir, tahlikali zamonda yashayapmiz. Har kunimizdan to‘g‘ri xulosa chiqarish kerak bo‘lgan zamonda yashayapmiz. Yon-atrofimizda bo‘layotgan voqealar — kichkina masalalar emas. Qanchalar og‘ir bo‘lmasin, O‘zbekistonning ertaga yaxshi bo‘lishini xohlayotganlardan ko‘ra xohlamayotganlar ko‘pligi, tashqaridan hech kim kelib, bizga hech balo qilib bermasligini ko‘z oldingizga keltiring. Sizlar endi kichkina odam emassizlar.

    Deputatning qalbi, vijdoni uyg‘oq bo‘lsa, vazirlar ham, hukumat ham, parlament ham uyg‘oq bo‘ladi. Mana shuni yozib olinglar.

    Uyg‘oq degani — intiluvchan, tirishqoq, befarq bo‘lmagan odam. Agar deputat shunday bo‘lsa, yana takrorlayman, vazirlar ham, hukumat ham, parlament ham uyg‘oq bo‘ladi. Butun jamiyatimiz uyg‘oq bo‘ladi. Bugun biz hamma sohada izlanish va o‘rganishdamiz. Takror va takror aytaman — deputat bo‘lishga hali hammamiz ham tayyor emasmiz. Tayyor bo‘lishimiz uchun, izlanishimiz, uyg‘onishimiz, yana bir bora o‘qishimiz kerak.

    Izlanib yashayotgan, o‘z maqsadi sari izchil borayotgan inson va jamiyat, albatta, ijobiy natija va yutuqlarga erisha oladi. Hozirgi kunda O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida oldimizda o‘ta dolzarb va murakkab vazifalar turibdi. Juda murakkab vazifalar turibdi. Hali “ura-ura” deb qarsak chalish uchun ko‘p yillar davomida mashaqqatli, matonatli, sabr-toqatli mehnatimiz talab etiladi. Ularni muvaffaqiyatli hal etish uchun, avvalo, qonun ijodkorligi sohasida ishni butunlay yangicha tashkil etishimiz zarur. Bu borada ayniqsa quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish lozim.

    Birinchidan, quyi palata har bir qonun loyihasi bo‘yicha xolis bahs-munozara va tortishuvlar makoniga, turli ijtimoiy manfaatlar o‘rtasidagi kurash maydoniga, chinakam demokratiya maktabiga aylanishi zarur. O‘tgan besh yil davomida palata faoliyati sezilarli darajada jonlanib, 540 ta yoki 2010—2014-yillardagiga nisbatan ikki barobar ko‘p qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. 2015-yilda qabul qilingan qonunlarning bor-yo‘g‘i 11 tasini yaxlit va yangi qonunlar tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilda bu ko‘rsatkich uch barobar oshib, 35 taga yetdi.

    Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bir sohaga taaluqli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan bir nechta qonunlar o‘rniga yagona kodeks qabul qilish amaliyoti qaror topmoqda. Bu juda yaxshi. Jumladan, Fuqarolik protsessual kodeksi, Iqtisodiy protsessual kodeksi, Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeks, Saylov kodeksi kabi muhim hujjatlar qabul qilindi. Shuningdek, o‘tgan ikki yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonunlar qabul qilinishi boshlandi. Masalan, “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi, “Investitsiya va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlarda havolaki normalar o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan qoidalar belgilandi.

    Ayni vaqtda hayotning o‘zi O‘zbekistonning jadal taraqqiyoti bu boradagi faoliyatimizni yangi sifat bosqichiga olib chiqishni talab etmoqda. Hayotning o‘zi talab qilmoqda. Yangi bosqichga, yangi sifatga ko‘tarilishimiz kerak. Jahondagi ilg‘or tajribalari asosida partiyalar o‘z siyosiy manfaatlari, o‘z elektrorati manfaatlarini ifoda etadigan qonunlar qabul qilish uchun parlamentda qizg‘in bahs olib borishlari kerak. Buning uchun parlamentda ko‘pchilikni tashkil etadigan partiya va unga muxolifatda bo‘lgan partiyalar o‘rtasida sog‘lom raqobat bo‘lishi ham shart. Aks holda raqobat bo‘lmaydi. Qo‘rqmanglar, muxolifat. O‘rganinglar shunga.

    Kimdir o‘z taklifini aytsa, undan qo‘rqib, “unday bo‘libdi, o‘zgaribdi, oyog‘i yerdan uzilibdi”, deb. Xato qilgan bo‘lsa ham, u o‘z fikrini aytadi. To‘g‘rilanglar, chiqib, qonuniy asoslab beringlar, “siz noto‘g‘ri aytyapsiz, mana bu bandi bunday, unisiga to‘g‘ri kelmaydi, men saylovchilarim bilan o‘zim gaplashdim”, deb aytinglar. Lekin bu gaplarni aytish uchun kechqurun uyga borib televizor emas, kitob o‘qish kerak. Beshta savol berish uchun beshta kitob o‘qishingiz kerak. Mana hayotingizda qanday mas’uliyatli jarayon boshlanyapti. Bu kichkina masalalar emas. Sog‘lom raqobat tashkil qilmasalaring, kechagi saylovga bergan bahoni butun 825 nafar kuzatuvchi olti oyda, bir yilda sizlarning ishingizga qarab, O‘zbekistonga baho beradi.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev: Toshkentda saylovga odam kam chiqqanini “bu katta shaharlar tendensiyasi” deb o‘zimizni aldayapmiz
    • Shavkat Mirziyoyev — deputatlarga: “Har oy bitta muammoni hal qiling, o‘z-o‘zidan sizning tarixingiz paydo bo‘ladi”
    • Shavkat Mirziyoyev: Nurdinjon Ismoilovda tajriba bor, nima qilish kerakligini ham biladi
    • “Hammagayam yoqmaysan, menga yoqasan”. Shavkat Mirziyoyev Rasul Kusherbayevni maqtadi

    20.01.2020, 14:04   Izoh (0)   31207
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bloger Nafosat Olloshukurova O‘zbekistonni tark etdi

    20.01.2020, 13:49

    “Hammagayam yoqmaysan, menga yoqasan”. Shavkat Mirziyoyev Rasul Kusherbayevni maqtadi

    20.01.2020, 13:17

    Madaniyat vazirligi: “Ashratxona” maqbarasini mehmonxonaga moslashtirish bo‘yicha taklif tushmagan

    20.01.2020, 12:46

    Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekistonning butun tizimini yo‘q qilishga harakatlar bo‘lgan

    20.01.2020, 12:08

    Qashqadaryoda qoidabuzar YPX xodimiga 2 mln so‘m pora berishga urindi

    20.01.2020, 12:06

    Shavkat Mirziyoyev: Jurnalistlar ko‘pchilikka yoqmaydi, lekin menga yoqadi. Ularga rahmat!

    20.01.2020, 11:53
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.