Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament va deputat so‘rovining ta’sirchanligini oshirish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Afsuski, ayrim hollarda deputat so‘roviga rahbarning o‘zi emas, balki uning o‘rinbosari hatto boshqarma boshliqlari javob qaytarmoqda. O‘zingiz ayting, qani bu masalada xalq vakilining obro‘si? Parlamentga va deputatga bo‘lgan hurmat shumi? Bunday salbiy holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — dedi davlat rahbari.

Prezident parlament va deputat so‘roviga vazirlik va idoralar birinchi rahbarlarining shaxsan o‘zlari javob berishi shartligini qonunda belgilashni taklif qildi.

“Xalq bilan muloqot tizimini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqib, deputatlarni o‘z saylovchilari bilan bog‘lash imkoniyatini beradigan elektron portal va mobil ilovalarni ishga tushirish lozim. Toki ana shu tizim orqali saylovchi deputatning kundalik ishini kuzatib borish, qonun loyihalarini muhokama qilish va ular bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirish imkoniga ega bo‘lsin. Ya’ni deputat faoliyatiga uning saylovchilari bevosita baho bersin. Ana shundagina fuqaro va parlament o‘rtasida xalqimiz bizdan kutayotgan haqiqiy ko‘prik paydo bo‘ladi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Uning ta’kidlashicha, “Mening fikrim” veb-portali ishini takomillashtirish, unga tushayotgan murojaatlarni televideniye va boshqa ommaviy axborot vositalarida deputatlar, mutaxassislar, keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish maqsadga muvofiq.

Shuningdek, deputatlar o‘zining yurish-turishi, muomala madaniyati, odobi va etikasi bilan barchaga ibrat va namuna bo‘lishi lozimligini ta’kidladi. U Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birgalikda deputatlarning malakasini doimiy oshirib borish yuzasidan yangicha tizim — deputatlik o‘quvlarini joriy etishni taklif qildi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqining yakunida xalq ishonchi haqida gapirdi.

“Ana shunday ishonch, hurmat va e’tiborga munosib bo‘lish bu — juda katta baxt. Bag‘rikeng, mehnatkash va oliyjanob xalqimizning ana shu ishonchini har birimiz o‘z joyimizda amaliy ishlar bilan oqlashimiz kerak. Bu bizning nafaqat fuqarolik, balki, eng avvalo, ona Vatanimiz oldidagi farzandlik burchimizdir”, — dedi Prezident.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshiriladi
Mahalliy
Uchta idoradan uch xil munosabat: Qurilish vazirligi tashkilotlari yutib olgan 85 ta shubhali tender haqida
Dunyo
Rossiyada o‘zbekistonlik yigitni poyezd bosib ketdi