• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Sarvar Karimov: Nega 2019-yilda “Prolog” festivali o‘tkazilmadi? Chunki “Skorpion-2” filmi suratga olinmadi

    Yosh kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekkino” milliy agentligi tomonidan tashkil etilgan “Prolog” qisqa metrajli filmlar festivali keyinchalik ayrimlar tomonidan olingan to‘liq metrajli filmni mukofotli qilish uchun katta festivalga aylantirib yuborildi, 2019-yili esa o‘tkazilmadi ham. Bu fikr kinorejissor Sarvar Karimov tomonidan “Ular” dasturiga berilgan intervyu davomida aytib o‘tildi.

    — “Prolog”—2018 kinofestivalida “Sarvqomat dilbarim” short-listga kiritildi va eng yaxshi ayol aktrisa nominatsiyasida ham g‘olib chiqdi. “Prolog”—2018’ning tashkilotchisi Yoshlar Ittifoqi edi. Aynan o‘sha yili Yoshlar Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan va dahshatli budjet hisobiga suratga olingan “Skorpion” filmi short-listga kiritilmadi. Ushbu film nima sababdan short-listga kiritilmadi va uni short-listga kiritish bo‘yicha qandaydir bosim bo‘lmaganmi?— Men buni hozir aniq isbot bilan ayta olmayman, chunki qo‘limda isbotim yo‘q. Taxmin emas, men bu narsani bilaman, agar juda kerak bo‘ladigan bo‘lsa, kerakli odamlardan so‘rab turib, buni isbot tariqasida keltirib bera olaman.

    — Keling, unda ozgina aniqlik kiritib o‘taman. Menda bor ma’lumotlarga ko‘ra, aynan festivalning hay’at a’zolari: “Biz bu filmni short-listga kiritmaymiz, biz shunday deb hisoblaymiz va bizga bosim o‘tkaziladigan bo‘lsa, biz ketamiz”, degan.

    — Ha, xuddi shunday voqea bo‘lgan. Men ham bu narsani eshitganman, bilaman. Qanaqa bo‘lgan? Ochiqchasiga aytadigan bo‘lsak, hamma narsani o‘z nomi bilan atash kerak, “Prolog” — bugungi kunga kelib, o‘z o‘rnini topolmay yurgan dovdir festival. Nimaga? Boshida “Prolog” tashkil etilganida xursand bo‘lgandim, chunki, nomi ham “Prolog” — debocha degani, ya’ni birinchi marta film olayotgan talabalar, qanaqadir qisqa metrajli film qilayotgan odamlar uchun maydoncha edi. “Yoshlarga bir ko‘mak bo‘ladigan joy bo‘libdi”, deb xursand bo‘lgandim. Unda mening talabalarim ham qatnashgan, qo‘limda yordamchi, assistent bo‘lib ishlagan bolalar ham qatnashib, birinchi yilda hatto oliy mukofotini ham olgan.

    Boshida, adashmasam, bu “O‘zbekkino” tomonidan tashkil etilgan festival edi. Keyin birdan nimadir bo‘ldi-yu, bu festivalga o‘zidan o‘zi Oybek Abdushukurov direktor bo‘lib qoldi. O‘sha yili u prodyuserlik qilgan “Ona” (“U”) nomli — qisqa metrajli film desam sal noto‘g‘ri bo‘ladi, ijtimoiy rolik desam to‘g‘ri bo‘ladi — ijtimoiy rolik nimagadir bosh mukofotni oldi. “O‘zim festival o‘tkazaman, o‘zimga o‘zim bosh mukofotni beraman” bo‘ldi, ochig‘ini aytganda. Kelasi yili yana shu Oybek Abdushukurov prodyuserlik qilgan to‘liq metrajli film paydo bo‘lgani uchun, bu festival o‘zidan-o‘zi, birdaniga to‘liq metrajli filmlar festivaliga aylanib qoldi.

    Mazmun-mohiyati yo‘qolib qoldi. O‘rnini topolmayotgan dovdir festival deganim sababi shu. “Prolog” — debocha deyilyapti, to‘g‘rimi? 2018-yili qatnashgan bo‘lsam, men eng yosh rejissor edim, vaholanki o‘shanda men 32 yoshda edim. U yerda qatnashayotganlarning bari 40, 50, 60 kirgan odamlar edi. Ular orasida birorta ham debyutant yo‘q. Endi unga Yoshlar Ittifoqining nima aloqasi bor, “Prolog” degan nom nimaga kerak — buni endi hech kim bilmaydi. Eng qizig‘i, o‘sha kuni ochilishi bo‘ldi. Xudoning zori bilan menga bitta taklifnoma berishdi. “Bo‘pti, mayli”, deb bordim.

    Borsam, 3-qatordan joy berishgan ekan, o‘tirdim. U yerda qisqa metrajli filmlar seksiyasi ham bor edi-da, unda mening talabalarim qatnashgan edi. Qarasam, birorta talabam yo‘q — balkonda, eng oxirida o‘tirishgan ekan, bechoralar. “Joy yetmay qolgandir-da, shunga balkonga chiqib ketishgandir”, deyishingiz mumkin. Xo‘p, yonimda Nilufar Usmonova bilan uning administratori o‘tirgandi, orqa qatorda Zafar Hoshimov o‘tirgandi. Men bu odamlarning barini hurmat qilaman, ular juda ham yaxshi insonlar, ularga hech qanday qarshiligim yo‘q. Lekin “Prolog” festivalida Nilufar Usmonova va uning administratori 3-qatorda, Zafar Hoshimov 4-qatorda o‘tirsa-da, festivalda qatnashayotgan bechora talabalar balkonda o‘tirsa — insofdanmi shu ish?

    Xullas, bosim masalasida gaplashadigan bo‘lsak. Orqavarotdan eshitganimga ko‘ra, o‘zi bu festival nima sababdan to‘liq metrajli filmlar festivali bo‘lib qolgani — “Skorpion” filmi O‘zbekiston nomidan qatnashib, mukofotlarni olib, biz shunday bir buyuk san’at asari yaratdikki, bu film O‘zbekiston sharafini himoya qilyapti, deb chiqish niyati bo‘lgan ularning, tushunishim bo‘yicha. Lekin festival jyurisi: “Yo‘q, bu film to‘g‘ri kelmaydi, uni o‘tkazmaymiz, boshqa kinoni o‘tkazamiz”, deb, keyin mening filmimni o‘tkazishgan. Tushunishim bo‘yicha, jyuriga bosim o‘tkazilgan. Hattoki, eshitishim bo‘yicha, ular qanaqadir hujjatlarni, jyuri a’zolarining xulosalarini qalbakilashtirmoqchi, o‘zgartirmoqchi ham bo‘lishgan.

    Lekin shunda jyuri a’zolari: “Bizni hakam sifatida chaqirdinglarmi, yo bizning fikrimizni hurmat qilinglar, yoki faqat shu film deydigan bo‘lsangiz, biz ketamiz”, deganidan keyin ular sekin bosilib, ularning filmi emas, mening film festivalga o‘tgan. Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, “Skorpion” filmining premyerasi o‘tganidan keyin, bu festival hech kimga kerakmas bo‘lib qoldi. Hattoki festival tugaganidan keyin ham saytida g‘oliblar nomi e’lon qilingani yo‘q.

    — Demak, shunday xulosa chiqyaptiki, bu festival 2018-yili aynan “Skorpion”ning reklamasi uchun tashkillashtirilgan.— Bu festival emas, bu “Skorpion” filmining bir katta, dabdabali premyerasi bo‘ldi, desam haqiqatga mos keladi. Ahamiyat bergan bo‘lsangiz, 2019-yilda festival o‘tkazilmadi. Chunki bu yil kino olishmadi, “Skorpion-2”ni olganida, festival ham bo‘lishi mumkin edi.

    Mavzuga doir:

    • “Deputatlarning jig‘iga tegishga ruxsat berilgandi”. Rejissor Sarvar Karimov — xayoliy “Qo‘ldan kelgancha” partiyasiga bag‘ishlangan rolik haqida
    • “Qaysi o‘zbek aktrisasi qishloq qizi roliga mos?”. “Sarvqomat dilbarim”da nima uchun qirg‘iz aktrisasi bosh rolda o‘ynaganiga oydinlik kiritildi

    17.01.2020, 20:27   Izoh (0)   39492
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qaysi o‘zbek aktrisasi qishloq qizi roliga mos?”. “Sarvqomat dilbarim”da nima uchun qirg‘iz aktrisasi bosh rolda o‘ynaganiga oydinlik kiritildi

    17.01.2020, 19:39

    “O‘zbekkino” ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan filmlarni noto‘g‘ri talqin qilmaslikni so‘ramoqda

    17.01.2020, 15:32

    “Jamoada tarafkashlik, kamsitish kuchayib ketdi”. Muhammadsoli Yusupov teatrdan bo‘shashga majbur bo‘lgani haqida gapirdi

    17.01.2020, 12:41

    Xonanda Nigoraning otasi vafot etdi

    15.01.2020, 17:27

    “Orqasidan yig‘laydigan odamlar qolibdimi, u bekorga yashamagan”. Shou-biznes vakillari dizayner Narimon Grigoryanni xotirlamoqda

    15.01.2020, 12:25

    Davron Kabulov ikkinchi marta ota bo‘ldi

    14.01.2020, 17:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Aktyor Burak O‘zchivit imijini o‘zgartirdi — muxlislar uni tanimay qolishdi (foto)

    Kino | 20 iyun, 17:37

    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi

    Reklama | 20 iyun, 16:30

    “Daryo” tanqididan so‘ng Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:34

    Ummonda tutqunlikda saqlangan ayol bolalari bilan O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:24

    O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududga chigirtka tarqalgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 17:15

    Rossiya ukrainaliklarga yordam bergan faolni 22 yilga ozodlikdan mahrum qildi

    Dunyo | 20 iyun, 17:07

    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi

    Reklama | 20 iyun, 15:00

    Endokrinolog B guruhi vitaminlari onkologiya xavfini oshirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi

    Maslahatlar | 20 iyun, 16:59

    Kitob tumani hokimining mahalladagi yordamchisi o‘ldirildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 16:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.