• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Palataga qisman majburiy a’zolik qonunga zid emas”. SSP kichik biznes vakillarining a’zoligini majburiy qilish to‘g‘risidagi taklifini asosladi

    Avvalroq O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi “O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini muhokamaga qo‘yib, kichik biznes vakillarining palataga a’zoligini majburiy qilishni taklif etgandi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlarni, shu qatorda bir qator blogerlarning fikrlarini kuzatib borib, muhokamaga sabab bo‘lgan ushbu vaziyatga tushuntirish berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Dunyoda Savdo-sanoat palatalarini tashkil etishning bir nechta modellari mavjud. Yevropa modeli tadbirkorlarning umummajburiy a’zoligiga asoslanadi (Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Gretsiya, Avstriya, Turkiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlar). Shuningdek, qisman majburiy a’zolik (Yaponiya, Singapur) va ixtiyoriy a’zolik modellari mavjud (Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston).

    Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari birlashuvining huquqiy asoslari “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunning 10-moddasida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, unda uyushmaning maqsadi, xususan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish vakolatlari aniq belgilab qo‘yilgan.

    Palata tadbirkorlar uyushmasi sifatida 1996-yilda tashkil etilgan. O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 19-iyuldagi 5087-sonli farmoni bilan palataning tarkibi va funksiyalari tubdan qayta tashkil etildi.

    Palata zimmasiga biznes manfaatlarini huquqiy himoya qilish, uni rivojlantirish, aholi va tadbirkorlarni biznes asoslariga o‘qitish kabi bir qator funksiyalar yuklatilgan.

    Belgilangan funksiyalarni bajarib borib, birgina 2019-yilda palata tomonidan tadbirkorlar ishtirokida 888 ta me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasi o‘tkazildi, shundan 521 ta loyihalar biznesni rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aniqlangan; tadbirkorlar manfaatlarida 6,3 trillion so‘mlik 70 mingdan ortiq da’vo arizalari kiritilgan; palataning hakamlik sudlari tomonidan 243 milliard so‘m miqdorida 10,6 mingta da’vo arizalari ko‘rib chiqildi; 184,7 mingta bepul xizmat ko‘rsatildi (bu barcha xizmatlarning 94,7 foizi); 130 million AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qilinishiga va 67,7 million AQSh dollariga teng mini-texnologiyalar sotib olishga ko‘maklashdi; 75 ta biznes forumlar va ko‘rgazmalar tashkil etildi; 15,4 ming fuqarolar va tadbirkorlar biznes asoslari bo‘yicha o‘qitildi, ulardan 79 nafari chet elda malaka oshirdi.

    Bu palata xodimlari bajaradigan ishlarning atigi bir qismi. Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha deyarli barcha choralar palata tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan bepul ta’minlanadi, uning yagona manbai a’zolik badallari hisoblanadi. Masalan, bitta biznes-forum kabi bunday tadbirlarni o‘tkazish uchun katta mablag‘ va kuch talab qilinishi mumkin.

    Palata kichik biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimida muhim o‘rin egallaydi. Shu bilan birga, unga yuklangan vazifalarni faqat yuqori malakali xodimlarni jalb qilgan holda barqaror moliyaviy holati mavjudligida bajarish mumkin.

    “Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risidagi qonun”da (yangi tahrirda) qisman majburiy a’zolik joriy etilgan. Bugungi kunda palata a’zolari 20 321 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt (shundan atigi 4575 tasi 2019-yilda a’zolik badalini to‘lagan) bo‘lib, shulardan 15 978 — yakka tartibdagi tadbirkorlar, 218— yirik tadbirkorlik subyektlari, 4125 — boshqa yuridik shaxslardir. Agar mamlakatda 663 270 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritayotganligini hisobga olsak, ularning atigi 3,1 foizi palata a’zolaridir.

    Ushbu qonunning 17-moddasida faqat yirik tadbirkorlik subyektlarining majburiy a’zoligi nazarda tutilgan. Amaliyotda ham qonunning ushbu normasi aynan shunday amalga oshiriladi. Mavjud 2313 ana shunday korxonalardan bor-yo‘g‘i 218 tasi palataning majburiy a’zosi bo‘ldi, ularning aksariyati davlat ulushiga ega.

    “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 5-moddasida kichik biznes subyektlari: yakka tartibdagi tadbirkorlar; mikrofirmalar va kichik korxonalardir.

    Bu qonunning 3-moddasiga binoan tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.

    Bundan kelib chiqadiki, yuqorida qayd etilgan kichik biznes subyektlari ham xususiy tadbirkorlardir va qonunda ularga ixtiyoriy a’zolik belgilab qo‘yilgan.

    Shu bilan birga, palataga qisman majburiy a’zolikning joriy etilishi Konstitutsiya va boshqa qonunlarga zid emas.

    Xususan, “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida “Siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar hamda boshqa ayrim nodavlat notijorat tashkilotlarini tuzishning, ular faoliyatining, qayta tashkil etilishi va tugatilishining xususiyatlari maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi. Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati sohasining u yoki bu munosabatlari maxsus qonunlar bilan tartibga solinmagan hollarda ushbu qonunning normalari qo‘llaniladi” deb belgilangan.

    SSPga a’zolik masalasi maxsus qonun bilan hal qilinganligi sababli qisman majburiy a’zolik ushbu qonunning 2-moddasiga zid kelmaydi.

    Qonunda “va xususiy tadbirkorlik” so‘zlari chiqarib tashlanishi faqat yirik xo‘jalik yurituvchi subyektlarning a’zoligini jalb qilish imkoniyatlarini kengaytiradi, kichik biznes subyektlari uchun esa a’zolik ixtiyoriy bo‘lib qoladi.

    Savdo-sanoat palatasi

    16.01.2020, 11:24   Izoh (0)   28866
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Piar-xizmatda prokurorlar ishlasa shunday bo‘ladi”. Toshkent prokuraturasi Narimon Grigoryanning qonli murdasi suratini e’lon qildi, so‘ng o‘chirdi

    16.01.2020, 11:23

    Farg‘onada davlat budjetiga 983,9 mln so‘m zarar yetkazgan tadbirkor javobgarlikka tortildi

    16.01.2020, 11:09

    Andijonda 2 farzandiga aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan ota 15 sutkaga qamaldi

    16.01.2020, 10:41

    O‘zbekistonda ilk bor xorijda ishlash istagidagilar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

    16.01.2020, 10:26

    “Tallimarjon” IESdagi avariya sabab O‘zbekistonda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

    16.01.2020, 09:37

    Dizayner Narimon Grigoryan jasadi topilganidan 3 kun avval o‘ldirib ketilgani ma’lum bo‘ldi

    16.01.2020, 09:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    O‘zbekiston | 20 avgust, 19:50

    Yandex Music UCHQUN loyihasining ikkinchi to‘lqinini ishga tushirib, O‘zbekistonning yangi ovozlarini namoyon etmoqda

    Toshkent sh. | 20 avgust, 19:30

    Saida Mirziyoyeva: “Markaziy Osiyo — qo‘shnilar bir-birini qo‘llab-quvvatlaydigan umumiy uyimizdir”

    O‘zbekiston | 20 avgust, 19:42

    Hande Erchel rollari evolyutsiyasi: u qanday qilib oddiy qizdan millionlab muxlislarga ega aktrisaga aylandi?

    Kino | 20 avgust, 19:30

    Andijonda Damas 6 yoshli bolani urib ketdi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 19:20

    Yevropalik tahlilchilar Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi bo‘lajak muzokaralar haqida qanday fikrda?

    Dunyo | 20 avgust, 19:10

    Aholi orasida daromadlari kamayishini kutayotganlar ko‘paydi — Markaziy bank

    O‘zbekiston | 20 avgust, 18:58

    Turkiyada o‘zbekistonlik erkak xotinini pichoqlab o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 18:48

    Hech qanday filtrlarsiz: tashqi ko‘rinishidagi kamchiliklarni yashirmaydigan mashhurlar

    Go‘zallik | 20 avgust, 18:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.