Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘z tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.Ro‘ziyevdan undiruvchi G.Yangiboyeva foydasiga 2 nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan edi.
MIB matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, byuroning Bo‘z tumani bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlariga qaramay qarzdor aliment pullarini turli vaj-karsonlarni ro‘kach qilib, to‘lamasdan yuravergan.
To‘lanmagan pullar esa hisoblanganda 23 630 968 so‘mni tashkil etdi.
Aliment pullarini to‘lamasdan kelganligi sababli qarzdor X.Ro‘ziyevga nisbatan Bo‘z tuman ma’muriy sudi raisi Zarifjon Rahimovning qaroriga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Izoh (0)