O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaati joriy yilning 24-yanvarida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Nashrning ma’lum qilishicha, 21-yanvar, seshanba kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqda.

“Kun.uz”ning yozishicha, Oliy Majlisga murojaat sanasi o‘zgarishi ham mumkin.

O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga birinchi murojaati 2017-yilning 22-dekabrida bo‘lib o‘tgan edi. 2018-yilning 28-dekabrida Shavkat Mirziyoyev ikkinchi marta parlamentga murojaat qilgan edi.