“Barselona” hujumchisi Luis Suares Ispaniya Superkubogi doirasida “Atletiko”ga qarshi bahsda o‘ng tizzasidan olgan jarohati sabab jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, futbolchi 11-yanvar, shanba kuni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va bugun operatsiya qilingan. Amaliyot muvaffaqiyatli kechgan.
Ta’kidlanishicha, Suares kamida 4 oy futbol o‘ynay olmaydi.
Qayd etish joiz, hujumchi o‘tgan mavsum so‘ngida “Liverpul”ga qarshi bahsda olgan jarohati sabab tizzasidan operatsiya qilingan edi.
Ma’lumot uchun, urugvaylik joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi.
Izoh (0)