Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 19-turi doirasida 11-yanvar, shanba kuni uchta o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Kunning ilk bahsida “Kalyari” mehmoni bo‘lgan “Milan” safardan 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Milanliklar safidagi gollarga Rafael Leau hamda Zlatan Ibragimovich mualliflik qildi.
Turning markaziy bahslaridan bir Rimda kechdi. Unda “Latsio” Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Napoli”ni qabul qilib, 82-daqiqada Chiro Immobile tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi.
Kunning so‘nggi bahsi Milanda bo‘lib o‘tdi. Unda Antonio Konte qo‘l ostidagi “Inter” Gasperini boshliq “Atlanta” bilan 1:1 hisobida duran qayd etdi. Mezbonlar safida 4-daqiqada Lautaro Martines hisobni ochgan bo‘lsa, 75-daqiqada bergamoliklar vakili Gosens hisobni tenglashtirdi.
19-tur bahslari 12-yanvar, yakshanba kuni davom ettiriladi.
A Seriya19-tur bahslari11-yanvar, shanba
“Kalyari”—“Milan” 0:2Gollar: 0:1 – 46 Rafael Leau, 0:2 – 64 Ibragimovich.
“Latsio”—“Napoli” 1:0Gol: 1:0 – 82 Immobile.
“Inter”—“Atalanta” 1:1Gollar: 1:0 – 4 Martines, 1:1 – 75 Gosens.
Izoh (0)