Belarus va Yevroittifoq viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha hamkorlik haqidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda Belarus TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yangi kelishuvlarga binoan Yevroittifoqqa viza narxi Belarus fuqarolari uchun 35 yevrogacha tushiriladi.
Shuningdek, vizaga talabnomalarni ko‘rib chiqish vaqti kamaytiriladi, ayrim toifadagi sayyohlar, jumladan, talabalar, jurnalistlar va rasmiy delagatsiyalar a’zolari safar maqsadini tasdiqlash uchun kamroq hujjat taqdim etishlari mumkin.
Mazkur kelishuv Yevroparlament va Belaraus parlamenti tomonidan rasman tasdiqlanishi lozim.
Ma’lumot uchun, 2017-yildan beri Yevroittifoq fuqarolari Belarus hududiga vizasiz 5 kun bo‘lish tartibi amal qilmoqda.
Izoh (0)