Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) aviakompaniyalarga Iroq havo hududida parvoz qilmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Agentlik buni Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli ehtiyot chorasi sifatida baholadi.
“Yaqin Sharqdagi oxirgi voqealar fonida EASA Yevroittifoq aviatsiya rasmiylari bilan bog‘landi va ehtiyot chorasi sifatida Iroq havo hududida tijoriy aviatsiya operatsiyalarni amalga oshirmaslikni tavsiya qildi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Izoh (0)