• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kosondagi ko‘prik ta’miri kechikyapti: yo‘lovchi tashuvchi Damas’lar noqulaylik sabab sarson bo‘lmoqda

    Koson tumanidagi “Mullali” mahallasi va “Gulbog‘” qishlog‘i o‘rtasida joylashgan ta’mirtalab ko‘prik yopilganiga 4 oy bo‘ldi. O‘tgan vaqt mobaynida ko‘prik ta’mirlanishi ortga surilgani va hatto ta’mirlash ishlari boshlanmagani ushbu yo‘ldan o‘tuvchi haydovchilarining e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Bu haqda “Daryo”ga murojaat qilgan haydovchilarning aytishicha, ko‘prik e’tiborsiz qoldirilgani bois haydovchilar “Oqtepa” qishlog‘idan o‘tuvchi yo‘ldan yurishga majbur bo‘lmoqda. Bu esa yo‘lovchi Damas’lar yo‘lining 9 kilometrga ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

    Foto: “Daryo”

    — 4 oydan beri shu ahvol, qishloq orasidan yurishga majbur bo‘lyapmiz, — deydi Damas haydovchilaridan biri Shermat Qodirov. – Bu esa yo‘limizni 9 kilometrga ko‘paytirish barobarida o‘ydim-chuqur yo‘llardan yurishga majbur qilmoqda. Eng yomoni yo‘l juda tor. Qolaversa, aholi xonadonlariga yaqin. Kimdir mol haydab o‘tsa, kimdir yo‘lni kesib o‘tayotgan bo‘ladi.

    Damas’chilar shikoyatiga ko‘ra ko‘prik yopilgani va aylanma yo‘ldan yurishga majbur bo‘lishayotgani sabab kuniga bir marta manzilga borib kelishga ulgurishyapti.

    Jahongir Abdiyev

    Jahongir Abdiyev
    Foto: “Daryo”

    — 2,5 million so‘mga litsenziya qilganmiz, oyiga 500 ming so‘m to‘lashimiz kerak. Ammo yo‘l aylanma bo‘lgani bois manzilga bir kunda bir marta borib kelishga ulguryapmiz, xolos, — deydi Jahongir Abdiyev. – Litsenziya beruvchilar va bizni nazorat qiluvchi uyushmalarni yo‘lning ahvoli qiziqtirmaydi. Ular faqat pulni to‘lashimizni talab qilishadi.

    Ushbu hududda yashovchi yo‘lovchilardan Shuhrat Abdiyevning aytishicha, yo‘lning torligi sabab yo‘lovchi tashuvchi Damas’lardan biri traktor tirkamasiga urilib ketgan.

    — Yaxshiyamki, Damas’dagi yo‘lovchilarga zarar yetmadi, Yaratgan asradi, — deydi Shuhrat Abdiyev. – Ko‘prik ta’mirtalab bo‘lgani bois yopishganini to‘g‘ri tushunamiz. Ammo oradan 4 oy muddat o‘tsa-da, ta’mirlash ishlari boshlanmagani yomon-da.

    Foto: “Daryo”

    Hududda yashovchi aholi vakillarining ma’lumot berishicha, ushbu ko‘prik tuman markazini 10 dan ortiq qishloq bilan bog‘lab turadi.

    — Aylanma yo‘l sabab “Oqtepa”, “Qoraxitoy” kabi qishloqlardan o‘tishga majbur bo‘lamiz, — deydi Jahongir Abdiyev. – Oqshom payti qishloq ahlining tirikchiligi ko‘payadi. Kimdir mol haydab kelayotgan bo‘lsa, kimdir ishdan qaytayotgan bo‘ladi. Ko‘cha esa qop-qorong‘i. Shu sabab ham yo‘ldagi odamni yoki molni ko‘z ilg‘amay qolish holati kuzatiladi.

    Foto: “Daryo”

    Haydovchilarning ma’lumot berishicha, siljib foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan ko‘prik qurilganiga 40 yil bo‘lgan.

    — Ko‘prik qurilganiga 40 yildan oshsa-da, foydalansa bo‘ladigan holda edi, — deydi Jahongir Abdiyev. — “Obod qishloq” dasturiga tushgan qishloqqa yuk tashuvchi yuk avtomobillari ko‘prikni shu ahvolga keltirdi. Me’yordan ortiq yuk olgan avtomobil o‘tib-qaytgach, talabga javob beradigan ko‘prik ham qulaydi-da.

    Hasan Allayorov

    Hasan Allayorov
    Foto: “Daryo”

    Aholi vakillaridan Buvish Niyozova hamda Hasan Allayorovning aytishicha, Damas haydovchilarining qishloq o‘rtasidan harakatlanishi, aholi vakillariga noqulaylik tug‘dirish barobarida ularning hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda.

    — Kuni kecha bir Ravon ko’prik yo‘lini to‘suvchi betonga urilibdi. Yaxshiyamki, mashina ichidagilarga zarar yetmagan. Ammo mashina katta xarajat talab etadigan ahvolga kelgan. Mas’ullar yo‘lda biror bir ko‘ngilsizlik bo‘lishini kutishyaptimi? Nega ta’mirlash ishlari kechikayotgani bizni o‘ylantirmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Koson tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Dilshod Nabiyevning “Daryo”ga ma’lumot berishicha, mazkur ko‘prik 2019-yilning oktabr oyida yaroqsiz holga kelgan bo‘lib, bu haqda “Mullali” mahallasida yashovchi fuqaro D.Oqnorov ham murojaat qilgan.

    Murojaat Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda tuman hokimining 2019-yil 18-noyabrdagi qarori bilan nazoratga olingan.

    Foto: Koson tuman hokimligi axborot xizmati

    Aytilishicha, ko‘prik joylashgan yo‘l mahalliy ahamiyatdagi 4K338 “Koson—Jarqum—Maydayobu” avtomobil yo‘lida joylashgan bo‘lib, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi balansida turadi.

    — Avariya holatdagi ko‘prikni qisqa muddatlarda loyihalashtirish qayta qurish ishlarini tashkillashtirish, transportlar harakatini vaqtinchalik mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘ldan aylanib o‘tishni ta’minlab, ta’mirlash ishlari 2020-yil I chorak yakuniga qadar bitkazilishini ma’lum qilamiz, — deydi hokimlik axborot xizmati rahbari.

    05.01.2020, 07:47   Izoh (0)   21390
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda shifokor va dorixona o‘rtasidagi “kelishuvlar”ga taqiq qo‘yiladi

    04.01.2020, 23:55

    Shahrisabzda o‘g‘lining ishga chiqmasligi borasida tortishib qolgan ota kafe ish boshqaruvchisini pichoqladi

    04.01.2020, 23:13

    Termizda maktab o‘quvchilari salqin ichimliklardan yasalgan archaning bir parchasini o‘g‘irladi

    04.01.2020, 22:54

    Adliya vazirligida boshqaruv xodimlari 15—16 mln so‘mdan maosh olayotganining sabablari ochiqlandi

    04.01.2020, 22:12

    Namanganda bemorning qarindoshi shifokorning ko‘zini ko‘r qildi. Mushtumzo‘r ushlangan

    04.01.2020, 21:11

    Jizzaxda mast haydovchi YPX inspektorini urdi

    04.01.2020, 20:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kechqurun tomosha qilish uchun: horror janridagi 5 ta eng qiziqarli koreys filmi

    Kino | 25 avgust, 14:15

    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?

    Reklama | 25 avgust, 13:30

    O‘zbekistonda Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 14:02

    Ukraina Donetskdagi uchta qishloqni Rossiya harbiylaridan “tozaladi”

    Dunyo | 25 avgust, 13:35

    “Real” Rodrigo bo‘yicha APLning 3 ta klubidan taklif kutmoqda

    Sport | 25 avgust, 13:25

    Qozog‘istonda suvni tejaydigan guruch navi yaratildi

    Qozog‘iston | 25 avgust, 13:00

    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi

    Reklama | 25 avgust, 12:00

    “Hibsga olinishim fransuz politsiyasining xatosi bo‘lgan” — Pavel Durov

    Dunyo | 25 avgust, 12:40

    “Baʼzi direktorlar norozi bo‘ldi, ammo javobgarlikni zimmaga oldim” — Surxondaryo hokimi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:30

    O‘zbekiston eksport qilgan 21 tonna qovun Qirg‘izistonga kiritilmadi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.