• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12357.09
    • RUB153.49
    • EUR14330.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Adliya vazirligida boshqaruv xodimlari 15—16 mln so‘mdan maosh olayotganining sabablari ochiqlandi

    Adliya vaziri Ruslanbek Davletov 3-yanvar kuni “Umid 2.020” xalqaro konferensiyasida: “Hozir maoshlarimiz qanchaligini yashirishga hojat yo‘q, hammasi shaffof. Masalan, Adliya vazirligidagi boshqarma boshliqlari mukofot pullari va boshqa to‘lovlar bilan birga kamida 15—16 million so‘m oylik maosh olishmoqda”, degan ma’lumotni bergan edi.

    Foto: Adliya vazirligi

    Foto: Adliya vazirligi

    Vazirlik markaziy apparati boshqaruv xodimlarining maoshlarini ochiqlashdan maqsad — xalqaro miqyosdagi konferensiya minbaridan turib xorijda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik kadrlarni yurtga chorlash va ular uchun davlat rahbariyati tomonidan yetarli sharoitlar yaratilganini ta’kidlashdan iborat edi.

    Adliya vazirligi ushbu ma’lumotni yanada oydinlashtirish uchun quyidagilarni ma’lum qildi.

    Birinchidan, Adliya vazirligida boshqarma boshliqlari haqiqatan ham 2019-yil davomida olgan barcha mablag‘larining umumiy summasi 12 ga bo‘linganda 15—16 million so‘m atrofidagi summa kelib chiqadi. Bunda olingan mablag‘ tarkibi quyidagilardan tashkil topgan:

    • yagona tarif setkasi bo‘yicha maosh;
    • maoshga ustamalar — martaba darajasi uchun ustama, ko‘p yil ishlagani uchun ustama, shaxsiy ustama, davlat xizmatchisi sifatida belgilangan ustama;
    • bayramlar (Yangi yil, Xotin-qizlar kuni (faqat ayollarga), Navro‘z, Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, Ramazon Hayiti, Qurbon Hayit) va har yarim yillik yakuni uchun mukofotlar;
    • bir yilda bir marta ikki oylik ish haqi fondi miqdoridagi moddiy yordam;
    • yillik mehnat ta’tili uchun to‘lanadigan mablag‘;
    • ovqatlanish va yo‘l haqi uchun kompensatsiya.
    Ikkinchidan, Adliya vazirligida bu kabi oylik ish haqining belgilanishining asosiy sababi tizimga eng malakali xodimlarni jalb qilish hisoblanadi. Xususiy sektorda yaxshi malakali huquqshunoslar bir oyda 15—30 million so‘mgacha mablag‘ topishadi. Boshqa tashkilotlar ham malakali huquqshunosga katta mablag‘ ajratishga tayyor.

    2017-yil va 2018-yilning 1-choragida oylik ish haqi kamligi tufayli vazirlik tizimidan jami 1280 nafar xodim boshqa tashkilotlar, jumladan, xususiy sektorga ishga o‘tib ketgan. Xodimlarning ommaviy ravishda boshqa tashkilotlarga o‘tib ketishi tizimda vakansiyalar soni bo‘yicha achinarli raqamlarni keltirib chiqardi.

    Uchinchidan, ma’lumki, Adliya vazirligi yagona davlat huquqiy siyosatini yuritadi. Bundan tashqari, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda O‘zbekiston manfaatlarini huquqiy himoya qilish ham vazirlik zimmasida. Bu esa tizimda eng malakali huquqshunoslarning ishlashini talab etadi.

    Shu sababli ham bu borada kiritilgan taklif qo‘llab-quvvatlanib, 2018-yil 13-apreldagi Prezident qarori bilan quyidagilar belgilangan:

    • adliya organlari xodimlarining ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar va martaba darajalari uchun qo‘shimchalar miqdorlarini prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan miqdorlarga tenglashtirish;
    • adliya organlari xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari bir yarim baravar miqdorda qo‘llanilishi;
    • adliya organlari va muassasalarining martaba darajalariga ega bo‘lgan Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga, hududiy boshqarmalar boshliqlariga lavozim maoshiga 50 foiz miqdorida ustama to‘lanishi.
    To‘rtinchidan, korrupsiya darajasi islohotlar samaradorligiga ta’sir qiluvchi jiddiy xavf hisoblanadi. Bunda ko‘p masala davlat tashkilotlaridagi xizmatchilarga kelib taqaladi. Xodimlar mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minotining zamonaviy tizimi yaratilganligi vazirlikda korrupsiyaviy xatarni minimumga tushirdi.

    “Shu o‘rinda vazirlik xodimlarga qancha maosh to‘lanishini doimo oshkor qilib kelganini, tizimdagi vakansiyalarni to‘ldirish tanlov asosida bo‘layotganligini eslatib o‘tamiz. Bundan tashqari bu kabi oylik to‘lanayotgan boshqarma boshliqlaridan talab ham shunga yarasha bo‘lmoqda. Vazirlikda xodimlar faoliyati integratsiyalashgan eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholab borilmoqda”, — deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

    04.01.2020, 22:12   Izoh (0)   50901
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda bemorning qarindoshi shifokorning ko‘zini ko‘r qildi. Mushtumzo‘r ushlangan

    04.01.2020, 21:11

    Jizzaxda mast haydovchi YPX inspektorini urdi

    04.01.2020, 20:52

    O‘zbekistonda 5-yanvar kuni 25 okrugda Oliy Majlisga takroriy saylovlar bo‘lib o‘tadi

    04.01.2020, 20:40

    O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida 5-yanvar kuni qor yog‘ishi mumkin

    04.01.2020, 20:15

    Germaniyada O‘zbekiston fuqarosi balandlikdan qulab, halok bo‘ldi

    04.01.2020, 20:10

    Madaniyat vazirligi: Amsterdamda yiqilgan o‘zbekistonlik akrobatlarning ahvoli og‘ir emas

    04.01.2020, 19:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda Odil sudlov akademiyasi tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 14:02

    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?

    Reklama | 25 avgust, 13:30

    Ukraina Donetskdagi uchta qishloqni Rossiya harbiylaridan “tozaladi”

    Dunyo | 25 avgust, 13:35

    “Real” Rodrigo bo‘yicha APLning 3 ta klubidan taklif kutmoqda

    Sport | 25 avgust, 13:25

    Qozog‘istonda suvni tejaydigan guruch navi yaratildi

    Qozog‘iston | 25 avgust, 13:00

    “Hibsga olinishim fransuz politsiyasining xatosi bo‘lgan” — Pavel Durov

    Dunyo | 25 avgust, 12:40

    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi

    Reklama | 25 avgust, 12:00

    “Baʼzi direktorlar norozi bo‘ldi, ammo javobgarlikni zimmaga oldim” — Surxondaryo hokimi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:30

    O‘zbekiston eksport qilgan 21 tonna qovun Qirg‘izistonga kiritilmadi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 12:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.