Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

London klubi rahbariyati qishki transferlar oynasi yopilgunga qadar jamoa himoyachilari Markos Alonso hamda Emersonni sotib yuborishga harakat qiladi, deb yozmoqda Calciomercato.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Emersonning xizmatlariga “Yuventus” qiziqib qolgan. 25 yoshli futbolchining transferi 30 million yevroga baholanmoqda. U joriy mavsum “Chelsi” safida 15 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobida bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Markos Alonsoning transferi bo‘lsa, 25 million yevroga baholanmoqda. Ispaniyalik 29 yoshli himoyachi “aristokratlar” safida joriy mavsum 14 ta o‘yin o‘tkazib, uchta golli uzatma berdi va bitta gol urdi.

Emersonning amaldagi shartnomasi 2022-yil 30-iyuniga qadar amalda, Alonsoniki esa 2023-yil 30-iyunida yakuniga yetadi.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” APLda 21-turdan so‘ng 36 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o‘rinni band etib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana oshdi: so‘nggi sutkada 141 kishida kasallik qayd etildi
Dunyo
Alibaba asoschisi Jek Ma Xitoyni tark etgani ma’lum bo‘ldi