• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Behzod Hoshimov: “O‘zbekistonda professional sportga ajratilgan pul, masalan, qaysidir maktabni kitobsiz qoldirishi mumkin”

    Professional sportni davlat tomonidan moliyalashtirish — boy mamlakatlarga xos, O‘zbekistonda esa davlat hozirgi sharoitda o‘z xarajatlarini qisqartirish haqida o‘ylashi kerak. Ushbu fikr taniqli iqtisodiyotchi Behzod Hoshimov tomonidan “Ular” dasturiga berilgan intervyu davomida aytib o‘tildi.

    Sportning davlat tomonidan moliyalashtirilishiga qarshi emasman. Bilasizmi, nimaga qarshiman? Davlatning xarajatlari ko‘pligiga qarshiman. Oddiy qilib tushuntiraman — O‘zbekistonda davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 33 foizini tashkil etadi. Janubiy Koreya, Singapur kabi O‘zbekiston yaxshi ko‘radigan mamlakatlar bor — ularda, misol uchun, davlat xarajatlari hech qachon 20 foizdan oshmagan. Masalan, Singapurda hech qachon 20 foizdan oshmagan. Yaponiyada ham 1996-yilda oshishni boshlagan.

    Bizda ayni damda davlat xarajatlarining darajasi hozirgi kundagi Fransiyaning xarajatlariga teng. Lekin daromadlari hozirgi O‘zbekistonnikiga yaqin bo‘lgan 70 yil avvalgi Fransiya bilan solishtirsak, ularda o‘shanda davlat xarajatlari 10—15 foiz bo‘lgan. Yoki Yaponiyani olaylik — ularning xarajatlari hozir biznikidan ko‘proq, lekin ularda davlat hozirgi O‘zbekistondagichalik xarajat qilayotgan vaqtda kishi boshiga YaIM hajmi 30 ming dollar edi, bizdan 20 barobar boyroq edi.

    Shuning uchun, O‘zbekistonning rivojlanishini xohlasangiz, davlat xarajatlarini qisqartirishingiz shart. Mening savolim shunday: xarajatlarni nimadan qisqartirish mumkin? Hozir bizda xarajatlar 33 foiz, shuni kamida ikkiga bo‘lishimiz kerak. Qaysidir bir mard kelib, shuni ikki barobar kamaytirishi kerak. Bu juda ham qiyin islohot. Shu muhokama vaqtida xarajatlarni qayerdan qisqartirish mumkin degan savolga, men: “Balki sportdir?!”, dedim, bunga aynan professional sportni nazarda tutganman.

    Chunki sportchi muvaffaqiyatli bo‘lsa, u qilgan mehnatning mevalari faqat unga qoladi. Muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, uning yuki bizga — soliq to‘lovchilarga tushadi. Davlat idoralar, firmalarni moliyalashtirishini ham xuddi shu sababdan xohlamayman. Davlat qaysidir idoraga ko‘p yordam bersa, u idora yaxshi bo‘lib ketsa, davlatga ozgina soliq to‘lashi mumkin, lekin davlatga foydasi qolmaydi. Ammo u idora inqirozga uchrasa, uni biz (soliq to‘lovchilar) qutqarishimiz kerak.

    Professional sportni jamiyat moliyalashtirishi kerakmi, deganda men shunday deyapman: “Xo‘p, futbolchilarga pul to‘laylik, lekin shu pul shifoxonalarga yetmayotgan puldan olinayotganini bilaylik”. Albatta, sog‘ va boy bo‘lish kasal va kambag‘al bo‘lishdan ko‘ra yaxshi. Lekin sharoiti biznikidek bo‘lgan mamlakat tanlov qilyapti — sportchiga pul beryapmizmi, demak, qaysidir maktabdan kitobini olib qo‘yyapmiz. Shu nuqtai nazardan o‘ylashimiz kerak.

    Bizning O‘zbekistondagi har bir maktabda issiq hojatxona yoki internet yo‘q. Shu ma’noda professional sportni moliyalashtirish qanchalik maqsadga muvofiq? Namuna ham keltirishim mumkin. Mana, Singapurni yaxshi ko‘ramiz — Singapur professional sportchilarga deyarli pul bermaydi. Li Kuan Yu chiqib: “Bizda professional sportchilar bo‘lmaydi”, deb aytgan, yuqorida keltirilgan sabablarga ko‘ra.

    Ko‘p mamlakatlar tushunib yetganki, sport nihoyatda qimmat narsa. Masalan, AQSh va SSSR sportda ko‘p kurashib, bir-biriga o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Lekin shunda ham AQSh Kongressi mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasiga bir sent ham bermagan. Vaholanki, AQShda kishi boshiga YaIM 50 ming dollar, lekin shunda ham AQSh hukumati sportga pul bermayapti.

    Behzod Hoshimov, iqtisodiyotchi

    “Ular” dasturining 2-sonida iqtisodiy tahlilchi Otabek Bakirov futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatidagi aksariyat jamoalar davlat tomonidan yoki davlatga tegishli korxona-tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilayotgani, biroq shuncha pul sarflanayotgan musobaqaning bir tur uchrashuvlariga 100 ming ham tomoshabin kirmayotganini ta’kidlab, bunday chempionat davlat tomonidan moliyalashtirilmasligi kerakligini aytib o‘tgan edi.

    “Mabodo 10 million tomoshabin kirsa ham, davlat tomonidan moliyalashtirilishini to‘xtatish kerak, derdim. Professional sportni moliyalashtirish — boy mamlakatlarga xos. O‘zbekistondek mamlakat, balki, bolalar sporti va hokazolarga pul berishi maqsadga muvofiqdir, lekin ligamizga millionlab tomoshabin kelsa-yu, u baribir o‘zini o‘zi oqlamasa, baribir ham yo‘q derdim. Agar o‘zini o‘zi oqlasa, men sportga taqiq qo‘yinglar, demayapman — davlat pulidan moliyalashtirishni to‘xtatinglar, deyapman”, — dedi Behzod Hoshimov.

    “Lekin hozir shuni kimdir eshitib, bo‘ldi, sportni davlat tomonidan moliyalashtirilishini to‘xtatib, endi har bir odamdan sport solig‘i olamiz, degan ham bo‘lmasligi kerak. Bu yerda qaysi gapni aytish to‘g‘riligini bilmayman. Shuning uchun qat’iy bir fikr bildirgim kelmayapti”, — deya qo‘shimcha qildi u.

    04.01.2020, 07:12   Izoh (0)   24988
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga vizasiz tartib bo‘yicha kelgan ilk xitoylik sayyohlar kutib olindi

    03.01.2020, 23:57

    Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov yangi yilni bemor bolalar holidan xabar olishdan boshladi (foto)

    03.01.2020, 22:50

    Farg‘onadagi parkda fojia: Attraksionning yechilib ketgan detali ayolni o‘ldirdi

    03.01.2020, 22:09

    Behzod Hoshimov: AQShdagi har kurs darsim uchun 6 ming dollardan to‘lashadi

    03.01.2020, 21:55

    Bektemir postidan Qo‘yliqqacha bo‘lgan yo‘lda doimiy tirbandlik sababli Chirchiq daryosi ustida yana bir ko‘prik qurish taklif etildi

    03.01.2020, 21:36

    Behzod Hoshimov: “Buyuk Kelajak”ning ichki nizolarini kavlash o‘rniga bitta maqola yozsam, O‘zbekistonga shunisi foydaliroq

    03.01.2020, 21:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.